Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati quriş jarayonida yagona davlat huquqiy siyosatini amalga oşiriş, bunda bir xil huquqni qöllaş amaliyotini şakllantiriş, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinişini ta'minlaş, şuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oşirişning yaxlit tizimini joriy etiş maqsadida uşbu bölimlar faoliyati yölga qöyildi.

Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, hozirgi kunda tuman-şaharlarda adliya bölimlarining iş yuritayotganligi öz samarasini bermoqda.

Jumladan, respublikaning barça tuman va şahar adliya bölimlari tomonidan fuqarolarning köplab murojaatlari çuqur tahliliy örganib çiqilib, aksariyat holatlarda murojaatlarning qanoatlantirilişiga erişilmoqda.

Birgina Toşkent viloyatining tuman (şahar) adliya bölimlariga joriy yilning 1-çoragi davomida kelib tuşgan 2400 dan ortiq murojaatlarning 1452 tasi yoki qariyb 60 foizdan ortiği qanoatlantirilgan.

Bölimlar tomonidan aniqlangan qonun buziliş holatlari yuzasidan köplab taqdimnoma, ma'muriy javobgarlikka tortiş yuzasidan takliflar hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida sudlarga da'vo arizalari kiritilişi ta'minlanmoqda.

Bundan taşqari, qonun hujjatlarini ijroçilarga yetkaziş, huquqiy maslahatlar beriş, huquqiy tarğibotni taşkil etiş, mahalliy hokimlik va kengaşlarning normativ tusdagi qarorlarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş, huquqni qöllaş amaliyotini tahlil qiliş, yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlaştiriş sohasida ham bir qator ijobiy işlar amalga oşirilmoqda.

Adliya bölimlariga yuklatilgan vazifalardan kelib çiqqan holda kelgusida ham yuqoridagi kabi işlar tizimli ravişda davom ettirilişiga umid bildirib qolamiz.