Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Hujjat avvalida adliya organlari va muassasalari faoliyatida huquqiy islohotlarning yuqori samaradorlik darajasiga erişişga tösqinlik qiluvçi qator tizimli muammo va kamçiliklar mavjud ekanligi sanab ötilgan.

Farmonga köra, 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş maqsadida, qöyidagilar adliya organlari va muassasalari faoliyatining ustuvor yönalişlari deb belgilanmoqda:

  1. Adliya organlarini «Odilona qonunlarni qabul qiliş, jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptiriş – demokratik huquqiy davlat qurişning garovidir» degan kontseptual ğoyani hayotga tatbiq etişga qaratilgan yagona davlat huquqiy siyosati amalga oşirilişini ta'minlaydigan professional xizmatga aylantiriş;
  2. Adliya organlari faoliyatiga, ustuvor ravişda, tanqidiy tahlil va huquqiy muammolarni, avvalo, bevosita joylarda işlarni samarali taşkil etiş yöli bilan hal etişga asoslangan, sifat jihatidan yangi mexanizmlarni joriy etiş;
  3. Davlat organlari va taşkilotlarining tuman (şahar) tuzilmalarining qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taşkil etiş sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiliş va muvofiqlaştiriş, tanqidiy tahlil asosida izçil va bir xil huquqni qöllaş amaliyotini ta'minlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
  4. Huquqiy tarğibot va fuqarolarning huquqiy ongini oşirişning zamonaviy va ta'sirçan uslublarini joriy qiliş, ularga qabul qilinayotgan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkaziş, aholining huquqiy savodsizligiga barham beriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
  5. Davlat boşqaruvi tizimining samaradorligini, ma'muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilişda adliya organlarining rolini oşiriş, bu sohalarda qonunçilikni yanada takomillaştiriş va huquqni qöllaş amaliyoti böyiça takliflar işlab çiqiş;
  6. Öz faoliyatlari yuzasidan jamoatçilikka tizimli ravişda ma'lumotlar taqdim etiş yöli bilan adliya organlari mansabdor şaxslarining hisobot beriş tartibini joriy etiş, ularning aholini taşvişga soluvçi muammolarga yuzaki munosabatda bölişi holatlariga çek qöyiş, şuningdek, ularning faoliyatini baholaşning aniq mezonlarini belgilaş;
  7. Yuridik kadrlarni, ayniqsa, talab qilinayotgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişning sifat jihatidan yangi tizimini taşkil etiş, yurisprudensiya sohasidagi mutaxassislarni öqitişning innovatsion şakllari va usullarini joriy etiş, yuridik kadrlarni yetakçi xorijiy ta'lim muassasalariga tizimli ravişda yuboriş;