Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'atining 2020 yilgi zakot miqdori böyiça qarori e'lon qilindi.
Qarorda ma'lum qilinişiça, odatda, har yili Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati tomonidan nisob miqdori Ramazon oyida e'lon qilinar edi.
“Lekin bugungi kunda butun dunyo böylab, jumladan, Özbekistonda ham koronavirus pandimeyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida, yurtimizda karantin e'lon qilinişi sababli, zaruratsiz uydan taşqariga çiqiş mumkin bölmay qoldi.
Tabiiyki, bunday paytda aholining moddiy yordamga muhtoj bölgan qismini qöllab-quvvatlaşning zarurati tuğildi va ayni paytda bu ajr-savobi köp bölgan amaldir. Mana şunday vaziyatda moli nisobga yetgan boy-badavlat kişilar mollarining zakotini ham haqdorlarga berişlari ayni savobli amallar sirasiga kiradi”, deyiladi qarorda.
Ana şularni inobatga olgan holda Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati zakot nisobini Şa'bon oyida çiqarişga qaror qildi.
“Zero, Şa'bon oyi ham fazilatli oylardan biridir. Qolaversa, hozirgi sinovli davrda zakot beriş muhtojlarga yanada manfaatli bölib, zakotning savobini bir neça barobar köpayişiga sabab böladi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati 1 gramm tilloning bugungi kundagi örtaça narxi 250 000 (ikki yuz ellik ming) söm ekanini e'tiborga olib, milodiy 2020 yil (hijriy 1441 yil) uçun ZAKOT nisobini (85 g. tillodan) 21 250 000 (yigirma bir million ikki yuz ellik ming) söm deb belgiladi. Mazkur qiymatning qirqdan biri (1/40), ya'ni zakot uçun çiqariladigan qismi 531 250 (beş yuz öttiz bir ming ikki yuz ellik) sömga teng böladi.
Şunga köra, zaruriy ehtiyojidan taşqari bir yil davomida 21 250 000 (yigirma bir million ikki yuz ellik ming) sömdan ortiq mablağga ega bölgan musulmon kişi jami mablağining qirqdan biri (1/40)ni zakot sifatida kambağal va faqirlarga berişi farzdir.
Alloh taolo boylarning himmatiga baraka, faqirlarga qanoat ato aylab, Özining rahmati ila boşimizdagi bu illatni tez orada daf qilsin. Omin!”, deyiladi Fatvo hay'ati qarorida.
Avvalroq Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşining Ramazon oyini ötkaziş böyiça qabul qilingan fatvosida Ramazonda iftor marosimlari qilmaslik, uning pulini muhtoj oilalarga beriş tavsiya qilingandi.








