Fatvoda iftorlik marosimlari uçun möljallagan mablağlarni Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari orqali muhtoj oilalarga yetkaziş tavsiya etilgan.

«Ma'lumki, yaqin kunlarda musulmonlar intiqib kutadigan muqaddas Ramazoni şarif oyi kirib kelmoqda. Har yili yurtdoşlarimiz Ramazon oyini alohida tayyorgarlik va xursandçilik bilan kutib oladilar, kötarinki ruhda, özgaça şukuh bilan ötkazadilar. Çunki Ramazon oyida mömin-musulmonlarning rizqiga baraka, amallariga ulkan ajr-u savoblar ato etiladi. Zero, Alloh taolo Ramazon oyida möminlarga kunduz kunlari röza tutmoqni farz, tunlari tarovih namozini öqimoqlikni nafl qilib bergan.

Ramazon oyida Qur'oni karimni heç bölmasa bir marta boşidan oxirigaça öqib xatm qiliş Payğambarimiz alayhissalomning sunnatlaridandir. Rözadorlarga iftorlik qilib beriş, muhtojlarga xayr-u sadaqalar ulaşiş uşbu oyga xos bölgan amallardan sanaladi.

Lekin ming afsuski, bugungi kunda butun dunyo böylab, jumladan yurtimizda ham koronavirus pandemiyasi tarqaldi. Bu kasallik tarqalişining oldini oliş maqsadida karantin e'lon qilindi. Ma'lumki, uşbu holat yuzaga kelgani munosabati bilan Özbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengaşining koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça fatvosi e'lon qilindi. Fatvoda yurtimizda vaziyat barqarorlaşmagunça jamoat namozlari vaqtinça töxtatilib, musulmonlarimizga namozlarni uylarida ato etiş lozimligi yetkazildi», deyiladi Usmonxon Alimov tomonidan «Özbekiston 24» telekanalida öqib eşittirilgan fatvoda.

Bundan taşqari, zakot mablağlarini hamda fitr va fidya sadaqalarini «Vaqf» xayriya jamoat fondi va uning hududiy bölimlari hisob-raqamlariga yoki Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga topşiriş tavsiya etildi.

Muftiy Usmonxon Alimov bunday qarorga kelişdan oldin Misr Arab respublikasi, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya Federatsiyasining Tatariston respublikasi musulmonlari diniy idoralari tomonidan Ramazon oyida masjidlarda taroveh namozlari ado etilmasligi va ommaviy iftorliklar uyuştirmasligi haqida bayonotlar inobatga olingani, şuningdek, qöşni Qozoğiston va Qirğiziston musulmonlari diniy idoralari bilan mazkur masala muhokama qilinib yagona töxtamga kelinganini alohida ta'kidladi hamda Özbekistondagi barça musulmonlarni uşbu körsatmalarga qat'iy rioya etişga çaqirdi.