Özbekiston Markaziy banki boşqaruvining 14 apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi. Markaziy bankning qayd etişiça, uşbu qaror taşqi va içki talabning qisqarişi şaroitida iqtisodiy faollikning sekinlaşuvini hisobga olib inflatsiya prognozlarini pasayiş tomonga qayta körib çiqilganligi bilan izohlanadi.

2020 yilning ikkinçi çoragida va yil söngiga qadar inflatsiya darajasiga talab omillari tomonidan bosim mo‘’tadillaşişi va kamayişini inobatga olib, inflatsiyaning yangilangan prognoz körsatkiçlariga köra, 2020 yil yakuni böyiça inflatsiya darajasi dastlabki prognozdan (12—13,5 foiz) 1 foiz bandga pasayib 11—12,5 foizni taşkil etişi kutilmoqda.

Boşqaruvning 5 martdagi yiğilişida tartibga solinadigan narxlarni erkinlaştiriş va koronavirus pandemiyasining inflatsiyaga taklif omillari orqali ta'siri bilan boğliq naoniqliklarning saqlanib qolişi şaroitida asosiy stavka özgarişsiz qoldirilgan edi.

Tartibga solinadigan narxlarni erkinlaştiriş muddatlarining özgartirilişi hamda joriy iqtisodiy şaroitlar koronavirus pandemiyasining inflatsiya darajasiga ta'siri köproq talab omillari tomonidan bölayotganligin va kelgusida uşbu omillarning pasayuvçi xarakterga ega bölişi mumkinligini körsatmoqda.

Iqtisodiy faollik va makroiqtisodiy prognozlar
2020 yilning mart oyidan boşlab jahonda va asosiy savdo-hamkor davlatlarda koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş borasida olib borilayotgan çoralarning kuçaytirilişi, neft narxining pasayişi, talab hajmining qisqarişi natijasida iqtisodiy ösiş va faollik körsatkiçlarining pasayiş prognozlari kuçayib bormoqda.

Iqtisodiy faollikning pasayişi va aholi daromadlarining qisqarişi, öz navbatida, içki talabning sezilarli darajada pasayişiga olib keladi.

Koronavirus pandemiyasining davomiyligi va global iqtisodiyotga ta'siri böyiça noaniqliklarning yuqoriligi şaroitida Özbekiston YaIM real ösişining 2020 yil böyiça bazaviy prognozlarini qayta körib çiqiş qöşimça tahlillarni taqozo etmoqda. Bu boradagi Markaziy bank xulosalari tahliliy hisob-kitoblar yakunlanganidan söng e'lon qilinadi.

Iqtisodiy faollikning pasayişi, birinçi navbatda, bank tizimi orqali amalga oşirilayotgan tranzaksiyalar sonida öz aksini topmoqda. Xususan, 2020 yil mart oyida banklararo tölov tizimi orqali amalga oşirilgan tranzaksiyalar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga qisqardi.

2020 yil aprel oyining dastlabki 10 kunligida tölov terminallari orqali amalga oşirilgan tölov tranzaksiyalari hajmi ham mart oyining mos davriga nisbatan 25,9 foizga kamaydi.

Şuningdek, Özbekiston tovar xomaşyo birjasida amalga oşirilgan bitimlar sonida ham sezilarli darajada pasayiş kuzatildi. Xususan, aprel oyining dastlabki ikki haftasida amalga oşirilgan xaridlar summasi mart oyining mos davriga nisbatan 28 foizga kamaygan.

Iqtisodiyotni kreditlaş faolligida ham ma'lum bir pasayiş tendensiyasi kuzatilmoqda. 2020 yil yanvar—aprel oylarida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar qoldiği ösiş sur'ati ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foiz bandga sekinlaşib, 7 foizni taşkil etdi.

Banklar tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning 16,4 trillion sömlik kreditlari böyiça tölov muddatlari uzaytirib berildi. Bu, öz navbatida, banklarga pul oqimlarining kirib kelişi tomonidan ularning kreditlaş imkoniyatining ma'lum bir darajada qisqarişiga olib keladi.

Inflatsiya va inflyatsion kutilmalar
Inflatsiya darajasi dastlabki prognoz körsatkiçlaridan tezroq sur'atlarda pasayayotgani kuzatilib, 2020 yilning mart oyida yillik inflatsiya 13,6 foizni taşkil etdi.

2020 yil birinçi çoragida iste'mol narxlari oşişi ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 foiz bandga sekinlaşib, 2,8 foizga teng böldi va dastlabki prognozlarga nisbatan 0,5 foiz bandga pastni taşkil etdi.

Bu, asosan, mazkur davrda ayrim tartibga solinadigan narxlarning özgarişsiz saqlanib qolinganligi hamda yanvar—fevral oylarida almaşuv kursining deyarli barqaror bölganligi hisobiga bazaviy inflatsiya darajasining sekinlaşişi bilan izohlanadi.

Mart oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,5 foiz darajada özgarişsiz saqlanib qoldi. Iqtisodiyotda kelgusida inflatsiya darajasining pasayişi va karantin bilan boğliq çeklovlarning yumşatilişi, öz navbatida, inflyatsion kutilmalarning pasayişiga xizmat qiladi.

Inflatsiya prognozi
Iqtisodiyotdagi joriy va kutilayotgan şaroitlarni hisobga olgan holda inflatsiyaning yangilangan prognoz körsatkiçlariga asosan 2020 yil oxiriga inflatsiya 11—12,5 foiz atrofida bölişi kutilmoqda va bu quyidagilar bilan izohlanadi.

Birinçi navbatda, taşqi va içki iqtisodiy faollikning pasayişi aholining daromadlariga öz ta'sirini körsatib, iste'mol savatidagi aksariyat birlamçi zaruriy mahsulotlar guruhiga kirmaydigan tovar va xizmatlarga bölgan talabning sezilarli qisqarişiga olib keladi.

Ikkinçidan, bir qator asosiy iste'mol tovarlar va ularning xomaşyolari importiga 2020 yil 31 dekabriga qadar bojxona boji va aksiz soliğining nol stavkalari belgilandi, bu karantin davrida talab yuqori bölgan tovarlar narxlarining ösişini oldini oladi.

Uçinçidan, jahon bozorlarida energiya resurslari narxlarining pasayişi hisobiga narxlarning erkinlaştirilişi islohoti doirasida 2020 yilda közlangan energiya resurslari narxlari oşirilişining navbatdagi bosqiçi keçiktirilişi yoki içki narxlarni oşirmagan holda erkinlaştirilişi natijasida uşbu omillar 2020 yilda inflatsiya uçun oşiruvçi xususiyat kasb etmaydi.

Törtinçidan, karantin şaroitida ma'lum bir oziq-ovqat mahsulotlari va zarur iste'mol tovarlari narxlarida kuzatilayotgan ösiş dinamikasi vaqtinçalik bölib, kelgusi oylardan qişloq xöjaligi mahsulotlari yangi hosilining çiqişi hamda hukumatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş böyiça amalga oşirayotgan çora-tadbirlari natijasida bozorlarning uşbu tovarlar bilan töyinişi ular narxlarlarining barqarorlaşişiga xizmat qiladi.

Şuningdek, inflatsiyani pasaytiruvçi mazkur omillar, öz navbatida, milliy valuta devalvatsiyasining içki narxlarga salbiy ta'sirini yumşatiş imkonini beradi.

Öz örnida, Markaziy bankning içki valuta bozoriga intervensiyalari oltin-valuta zaxiralari neytralligi tamoyili asosida almaşuv kursining fundamental trendiga ta'sir körsatmagan holda amalga oşiriladi.

Pul-kredit şaroitlari
2020 yil mart—aprel oylarida bank tizimida likvidlik darajasi Markaziy bank tomonidan ötkazilgan pul-kredit operatsiyalari ta'sirida şakllanib, bank tizimi barqarorligini ta'minlaş uçun yetarli darajada böldi.

Pul-kredit operatsiyalaridan tijorat banklariga ham likvidlik taqdim etiş ham ortiqça likvidlikni jalb qiliş maqsadida foydalanilişi bank tizimida likvidlikning bir maromda qayta taqsimlanişiga va pul bozoridagi foiz stavkalarining Markaziy bank foiz koridori doirasida şakllanişiga xizmat qildi.

2020 yilning mart oyida pul bozoridagi örtaça tortilgan foiz stavka 16,0 foizni va aprel oyining ötgan davrida 16,6 foizni taşkil etdi.

2020 yilning ötgan davri mobaynida aholining milliy valutadagi muddatli depozitlari qoldiği 10,2 foizga (714 milliard sömga) oşgan bölsa, xorijiy valutadagi muddatli depozitlari qoldiği 1,2 foizga (67 milliard sömga) kamaydi.

Öz navbatida, inflatsiya darajasining pasayişi şaroitida asosiy stavkaning tuşirilişi iqtisodiyotda real foiz stavkalar ijobiyligini va milliy valutadagi depozitlarning jozibadorligini saqlab qolişga xizmat qiladi.

Noaniqlik va xatarlar
Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta'sir kölami va davomiyligi böyiça noaniqlar saqlanib qolmoqda.

Taşqi iqtisodiy şaroitlarining yomonlaşişi şaroitida Özbekistonga kirib keladigan transçegaraviy pul ötkazmalari miqdori yil yakunlari böyiça ötgan yilga nisbatan sezilarli darajada qisqarişi kutilmoqda.

Bunda, Markaziy bank taşqi va içki şaroitlar ta'sirida inflatsiyaning omillari va xatarlari xususiyatini çuqur örganişda davom etadi hamda inflatsiya prognoz dinamikasining şakllanişidan kelib çiqib asosiy stavka darajasi böyiça tegişli qarorlarni qabul qilib boradi.

Markaziy bank Boşqaruvining asosiy stavkani körib çiqiş böyiça oraliq majlisi 2020 yilning 11 iyun kuniga rejalaştirilgan. Yiğiliş yakunlari böyiça press-reliz e'lon qilinadi.