Jahon | 15:23 / 15.04.2020
2963
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya vazirlari koronavirus sababli o‘z maoshlarini 20 foizga qisqartiradi

Bosh vazirning qayd etishicha, Yangi Zelandiyada juda ko‘pchilik ishini yo‘qotdi, ayrimlarning maoshlari esa sezilarli darajada kamaydi.

Jasinda Ardern / Foto: REUTERS

Yangi Zelandiya hukumati a'zolari koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlaridan jabr ko‘rganlar bilan hamjihat ekanligini bildirish maqsadida yaqin yarim yil davomida 20 foizga qisqartirilgan holda maosh olishga qaror qilishdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern ma'lum qildi.

Bosh vazirning qayd etishicha, Yangi Zelandiyada juda ko‘pchilik ishini yo‘qotdi, ayrimlarning maoshlari esa sezilarli darajada kamaydi.

Ardern bundan tashqari, yuqori lavozimdagi amaldorlar qator mukofotlardan ham mahrum bo‘lishini aytdi.  

Avvalroq u mart oxirida qabul qilingan favqulodda vaziyat rejimini uzaytirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror 20 aprelda qabul qilinishini aytgandi.

"Kasallanish holatlari oz bo‘lishi mumkin, ammo bu virusni yengganimizni anglatmaydi. Iqtisodiyotimizni tezroq yo‘lga qo‘yishimiz kerakligini tushunib turibmiz", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid