Hujjatda islohotlarning ustuvor yönalişlari qayd etiladi. Jahon banki kömagida işlab çiqilgan Özbekiston Respublikasi statistikasini 2020-2025 yillarda rivojlantirişning milliy strategiyasini, şuningdek uni amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi»ni tasdiqlaş rejalaştirilmoqda, deb yozadi Norma.
 
Asosiy maqsad: huquqiy va taşkiliy, statistik infratuzilmani va ma'lumotlarga işlov berişni takomillaştiriş, foydalanuvçilar va yetkazib beruvçilar örtasidagi özaro munosabatlarni yaxşilaş, ayrim statistik körsatkiçlar va uslubiyatlarni modernizatsiyalaş. Loyihada sohani rivojlantirişda statistik ma'lumotlar foydalanuvçilarini yuqori darajada qanoatlantiriş, statistik ma'lumotlarni yetkazib beruvçilar motivatsiyasi va xodimlarning yuqori malakasini ta'minlaş, samarali muvofiqlaştiriş, davlat va hamkorlar tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlaşga erişiş nazarda tutilmoqda.
 
Davlat statistika qömitasi negizida barça huquqlar va majburiyatlar böyiça huquqiy vorislik şarti bilan Milliy statistika qömitasini taşkil etiş nazarda tutilmoqda. Bu boşqa davlat organlari va taşkilotlariga tobe bölmagan, mustaqil idora bölişi rejalaştirilmoqda, u bevosita prezident va boş vazirga hisobot beradi.
 
Milliy statistika qömitasi va uning tuzilmaviy bölinmalari tomonidan şakllantiriladigan statistika ma'lumotlari rasmiy statistika ma'lumotlari sifatida e'lon qilinadi. Qömitaga vazirlik va idoralarning idoraviy ma'lumotlar bazasiga kiriş imkoniyati taqdim etiladi. Statistika organlari işiga, şu jumladan rasmiy hisobotlarni töplaş va kuzatuvlarga aralaşiş taqiqlanadi.
 
Milliy statistika qömitasi raisi va uning tört örinbosarlari, şu jumladan birinçi örinbosari mamlakat prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Idoraning markaziy apparatida strategiya va «Yöl xaritasi»ni amalga oşiriş işlarini taşkil etiş va monitoring qiliş, yozişmalarni tayyorlaş, taşkil etiş va ötkaziş boşqarmasi va uşbu jarayonlarni avtomatlaştiriş böyiça ixtisoslaştiriş bölim şakllantiriladi.
 
Statistika işlari dasturini işlab çiqiş va uning töliq bajarilişini ta'minlaş vazifasi Milliy statistika qömitasining Statistika kengaşiga topşiriladi. Qömita, Moliya vazirligi va MB, boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan Milliy statistika qömitasi huzurida Texnik kotibiyat, şuningdek strategiya doirasidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş va monitoring qiliş böyiça tarmoq işçi guruhlari tuziladi.
 
2021 yildan boşlab Milliy statistika qömitasi tomonidan xalqaro e'tirof etilgan tavsiyalarga muvofiq standartlar va tavsiflarni unifikatsiyalaş uçun barça rasmiy statistika işlab çiqaruvçilarining (davlat organlari va ularning bölinmalari) statistik uslubiyati davriy auditi ötkaziladi. Natijalarga qarab organ tomonidan tegişli ekspert xulosalari beriladi.
 
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.