Karantin vaqtida jazoni ötiş muddati tugagan mahkumlarni ozodlikka çiqariş keçiktirilmaydi. Bu haqda AOKA huzuridagi ştabda bölib ötgan brifingda Içki işlar vazirligi axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, karantin şaroitida mahkumlarni ozodlikka çiqariş jarayoni keçiktirilmaydi.
“Sudning qarori asosida, jazo muddatini ötab bölgan mahkumni ozod etişdan oldin, tibbiyot xodimining tegişli tibbiy körigidan ötkazib, zaruriy tibbiy sanitar anjomlar bilan ta'minlangaç, unga ozod etilganligi töğrisidagi ma'lumotnoma taqdim etiladi.
Şundan söng, uni doimiy yaşaş manziliga yetib borişi uçun zaruriy pul mablaği bilan ta'minlanadi. Uşbu şaxsning yaşaş joyi böyiça xizmat körsatuvçi probatsiya xizmati xodimlariga bu haqda xabar beriladi”, - deya aytib ötdi Şohrux Ğiyosov.
Bundan oldin, IIV karantin qoidalari buzilganda avtomaşina jarima maydoniga qöyilişi qonuniy hisoblanişi haqida ma'lum qilgandi.













