Uşbu savolga Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Habibulla Oqilov iştirokida ötkazilgan brifingda javob berildi.
“Gidroksoxlorin (xloroxin) köpgina mamlakatlarda koronavirusni davolaşda öz samarali natijasini körsatgan. Bu dori bilan davolaganda bemorda virus yuklamasi sezilarli darajada kamayadi yoki mutlaqo yöqoladi. Dorining samarasini kuçaytiriş uçun azitrometsin bilan birgalikda qöllaniladi. Bu haqida xitoylik va fransuz şifokorlari aytişmoqda.
Xloroxinni uzoq muddat qöllaş natijasida yurak aritmiyasi kuzatilişi mumkinligi bois u bilan boğliq barça muolajalar elektrokardiogramma nazorati va kardiolog konsultatsiyasi asosida olib boriladi. Ammo Özbekistonda qayd etilgan 8ta ölim holatining birontasida bemorda yurak aritmiyasi kuzatilmagan”, deya Habibulla Oqilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Aytilişiça, xloroxin dorisi iştirokidagi muolajalar faqatgina oğir ahvoldagi bemorlarda – boşqa muolaja sxemalari samarasiz bölganda qöllaniladi.
“Bunday muolaja sxemasi faqatgina oğir ahvoldagi bemorlar uçun qöllaniladi. Xususan, xloroxin dorisi 65 yoşdan yuqori bölgan, yurak ritmining buzilişi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bölgan bemorlar, homiladorlar va bolalarda qöllanilmaydi.
Şuni qayd etiş kerakki, koronavirusga jahon tibbiyoti birinçi marta duç keldi. Unga qarşi dorilarni qöllaş bazasi haqida aniq ma'lumotlarni muayyan vaqtdan keyingina gapiriş mumkin”, deya qöşimça qildi Habibulla Oqilov.










