Kompaniyada koronavirus tarqalişi oldini oliş uçun jamoat joylarini zararsizlantiriş ehtiyoji mavjudligi sababli dezinfeksiyalovçi avtomobillar işlab çiqarişga qaror qilingan. Bu haqda korxona matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
28 martda Qozoğiston boş vaziri Askar Mamin iştirokida “SaryarkaAvtoProm”ning Qöstanaydagi zavodida “Özavtosanoat” AJ bilan hamkorlikda Chevrolet avtomobillari işlab çiqarilişiga start berilgandi.
“Hozirgi favqulodda vaziyat şaroitlari e'tiborga olinib, kompaniyada ilk Labo avtomobillarini dezinfeksiyalovçi tizimlar bilan jihozlaşga qaror qilindi”, deyilgan kompaniya xabarida.
Labo kiçik ölçamlarga egaligi va tor joylardan ham öta olişi hamda 560 kg.gaça yuk kötara olişi hisobga olinib, 500 litrlik dezinfektor (dezinfeksiyalovçi qurilma) bilan jihozlangan.
Qurilmaning zararsizlantiruvçi aralaşma solinadigan baki bir töldirilganda 5 gektardan 10 gektargaça maydonni zararsizlantirişga imkon beradi.
Qurilmadagi ikkita turğun purkagiç zararsizlantiruvçi aralaşmani 5 mertgaça purkay oladi, yana ikkita dastagi purkagiç avtobus bekatlari yoki köçalardagi örindiqlarga işlov beriş imkonini beradi.
Ayni vaqtda bunday avtomobillar Qarağanda, Oqmala viloyatlari va Olmaota şahri kommunal xizmatlari tomonidan qöllanmoqda.









