2020 yilning 1 may sanasidan xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslar öz faoliyatini boşladi va şu kuni yangi taşkil etilgan xususiy notarius tomonidan birinçi notarial harakat amalga oşirildi.
Adliya vazirligi xabariga köra, mazkur notarial harakat Farğona viloyat Qöqon şahrida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius F. Xojimatov tomonidan amalga oşirilgan bölib, fuqaro S.R. tomonidan nafaqa oliş uçun işonçnoma rasmiylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq davlat notarial idoralarini nodavlat notarial idoralar etib qayta taşkil etilişi belgilangan edi.
Xususiy notariuslar faoliyati yölga qöyilişidan maqsad aholining notarial xizmatlarga bölgan talabini qondiriş, notariat sohasida erkin raqobat muhitining şakllanişi, ortiqça byurokratiya va korrupsiya holatlariga töla barham berişdan iborat.
Endi notarial idorada ortiqça navbat kutiş holatlari barham topadi, fuqarolar haftaning istalgan kunida notarius xizmatidan foydalanişi mumkin böladi.








