Ma'lum qilinişiça, uşbu şaharlardan samolyotlar Qizilörda, Petropavlovsk, Ust-Kamenogorsk va Semeyga uça boşlaydi. Reyslar yuqori sanitariya talablari şaroitida, kamroq sondagi yölovçilar va ularning salonda ijtimoiy masofalaşuv me'yorlariga amal qilgan holda ötqazilişi bilan amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, 4 maydan mamlakatning barça hududlarida öz faoliyatini tiklaydigan tadbirkorlik sub'yektlari röyxati tasdiqlangan. Bular qatoridan maydoni 500 kvadrat metrgaça bölgan nooziq-ovqat dökonlari, fotosalonlar, gul dökonlari, sartaroşxonalar, tibbiy markazlar va stomatologiya klinikalari, köçmas mulk bilan operatsiyalar amalga oşiruvçi kompaniyalar, reklama agentliklari, advokatlar va notariuslar, mikromoliyaviy taşkilotlar, suğurta kompaniyalari, lombardlar va ayirboşlaş punktlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida işlovçi kompaniyalar örin olgan.

Şuningdek, fuqarolarga köçada sport maşğulotlari bilan şuğullanişga ruxsat berilgan. Öz navbatida hududlar rahbariyatiga faoliyati tiklanadigan obektlarda sanitar-epidemiologik xavfsizlik qat'iy nazoratini ta'minlaş buyurilgan. 

1 maydan Qozoğistonda karantin çoralari yengillaştirilişi sifatida Nur-Sulton va Olmaota örtasida parvozlar amalga oşirişga ruxsat berilgandi. Dastlab kuniga 4 tadan reys bajariladi. Ma'lum qilinişiça, parvozlar tiklanganining birinçi kuni 700ga yaqin kişi taşilgan. 

Mamlakatda 15 aprel kuni kiritilgan favqulodda vaziyat rejimi 11 maygaça amal qiladi.