«Özbekistondagi Sardoba suv omborida töğon buzilib, suv toşib çiqişi natijasida Turkiston oblastining 10 ovulini suv bosdi. 22 mingdan ortiq aholi evakutsatsiya qilindi. Ularga kömak körsatilmoqda. Özbekiston hukumati bilan muzokaralar ötkazilmoqda», deya yoziladi Qosim-Jömart Töqayevning tvitterdagi sahifasida.

2 may kuni Sardoba suv omboridan suv çiqişi sababli Qozoğistondagi törtta qişloq aholisi evakuatsiya qilingandi. Keyinroq Qozoğistonning Maxtaral tumanidagi yana bir aholi yaşaş punkti Orgebas suv ostida qolgani, 1451 kişi istiqomat qiladigan qişloq töliq evakuatsiya qilingani, evakuatsiya jarayonida heç kim jarohat olmagani ma'lum qilingandi.

Foto: «Kazinform»

Avvalroq, Qozoğiston prezidenti öz tvitterida Turkiston oblastining Jyengis va Janga Turmis qişloqlarida Sardoba suv bomborida töğon öpirilişi natijasida kuçli suv toşqini kelib çiqqanini ma'lum qilgan edi.