Joriy yilning 3 may kuni soat 20:00larda Surxondaryo viloyati, Uzun tumani Özbekiston mahallasi hududidan ötuvçi 4R-108V avtomobil yölining 9-km.da yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1983 y.t. D.G. “Lasetti” rusumli transport vositasini boşqarib ketayotib, yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan piyodalar 2012 y.t. R.Ş. va 2013 y.t. Ş.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda 8 yoşli R.Ş. körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan şifoxonada vafot etgan. Voyaga yetmagan piyoda 7 yoşli Ş.X. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, yöllarda harakatlanganda “Yöl harakati qoidalari”ga amal qilişingizni, haydovçilar yöllarda piyodalarga e'tiborli bölişingizni sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.