Bu haqda AQŞ-Kanada konsalting agentligi tuzgan “Dunyoning eng ekologik toza 10 şahri 2020” reytingiga tayanib Vena meriyasi xabar qildi. Reyting 22 aprelda nişonlanadigan  Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tuzilgan.

Mutaxassislar 100 dan köp şaharni 9 ta mezon böyiça baholaşgan: yaşil ekinzorlar maydoni, tiklanuvçi manbalardan iste'mol qilinadigan energiya hajmi, jamoat transportidan foydalaniş davriyligi, havodagi qattiq zarralar miqdori, aholi jon boşiga suv iste'moli, çiqindilarni qayta işlaş dasturi mavjudligi, çiqindilarning kompostlanişi, fermer bozorlari miqdori. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, Vena, şuningdek, boğlar miqdori va jamoat transporti rivojlanganligi böyiça ham eng yaxşi körsatkiçlarni namoyiş qilgan.  

Reytingda 2- va 3-örinlarni Germaniyaning ikkita şahri - Myunxen va Berlin egallagan. Undan keyingi örinlarni Madrid (Ispaniya), San-Paulu (Braziliya), Mançester (Britaniya), Lissabon (Portugaliya),Singapur, Amsterdam (Niderlandiya) va Vaşington (AQŞ) egallagan.

“Şahrimizning reytingdagi muvaffaqiyati Vena köplab sohalarda boşqa megapolislar uçun örnak hisoblanişini körsatadi. Vena aholisi uçun oçiq bölgan boğlar va köplab daraxtzorlar şahardagi yuqori turmuş darajasini ifodalaydi”, deb aytgan şahar meri Mixael Lyudvig.

2019 yilda Vena Economist Intelligence Unit naşrining Global Liveability Index 2019 reytingida turmuş darajasi böyiça dunyodagi eng yaxşi şahar deb topilgandi. Avvalroq Avstriya poytaxti Mercer konsalting kompaniyasi talqini böyiça qatorasiga bir neça yil yaşaş uçun eng yaxşi şahar deb topilgan.