«Özgidromet» xabariga köra, respublikada keçga borib ba'zi joylarga yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga kuçli yomğir yoğişi va momaqaldiroq bölişi mumkin. Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida yoğingarçilik bölmaydi. Harorat 25-30 darajani taşkil qiladi, bu uşbu kun me'yoridan 5-7 darajaga yuqoridir.

Ertaga, 9 may kuni Özbekiston hududining katta qismida ob-havo beqaror böladi. Ayrim joylarga yomğir, kuçli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin, Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida yomğir ertalab va keçqurun yoğadi. Kunduzgi harorat 21-26 darajagaça pasayadi va örtaça köp yillik qiymatlarga yaqinlaşadi.

Bugun va ertaga mamlakat hududida şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça, şiddat bilan esganda 23-28 metrgaça kuçayişi mumkin.

10 mayda respublikada yoğingarçilik töxtaydi, faqat Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida keçasi va ertalab ayrim joylarga yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin, kunduzi yoğingarçilik bölmaydi. Havo harorati 3-5 darajaga kötariladi.