Uning sözlariga köra, Oq uy xodimlari bilan uzoqroq masofada turib gaplaşmoqda. «Men heç kim bilan yaqin masofada turib gaplaşmayman», - deya ta'kidlab ötdi Tramp.

Prezidentning ta'kidlaşiça, Oq uyda hamma niqob taqadi. «Bugun men uçratgan kişilarning barçasi niqobda edi», - deya ma'lum qildi u.

Oq uy xodimlariga bino içida tibbiy niqob kiyiş talabi qöyilgan, deb yozadi The Wall Street Journal. Ular öz stolida ötirgan holatlar uçun istisno qilingan.

Ma'muriyatdan ta'kidlanişiça, Tramp va vitse-prezident Mayk Pens himoya vositalarini taqişlari şart emas. Naşr ma'lumotlariga köra, bunday buyruq Oq uyning ikki xodimida koronavirus böyiça ötkazilgan test ijobiy natija berganidan berilgan.

May oyining boşida Tramp vitse-prezidentning matbuot kotibi Keti Millerning infeksiyaga çalinganligini qayd etgandi.