Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana 21 kishida koronavirus aniqlandi. Shifoxonalardagi bemorlarning 12 nafari og‘ir ahvolda
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 21 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 13 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangidan kasallanish holatlarining 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 6 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.
Ayni vaqtgacha jami 2040 kishi tuzalgan, 518 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.
«Ayni paytda mamlakatda davolanayotgan nafar 518 bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
12 may kuni jami 61ta yangi holat aniqlandi va 52 bemor tuzalgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025