Alisher Usmonov ajratgan mablag‘ suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga tarqatiladi
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan mablag‘ yaqin kunlarda «Sardoba» suv ombori buzilishidan jabrlangan aholiga teng qiymatda bo‘lib beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tgan.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, Alisher Usmonov ajratgan xayriya mablag‘i hozirda Respublika Mahalla fondi hisob raqamida turibdi. Mablag‘lar Ramazon hayitiga qadar tarqatilishi kutilmoqda. Bunga qo‘shimcha tarzda O‘zbekiston hukumati tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar ham jabrlangan aholi uchun ochilgan plastik kartalarga tashlab beriladi.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tadbirkor Alisher Usmonov nafaqat o‘z hamyurtlariga, balki ofatdan jabr ko‘rgan qozog‘istonliklarga ham yordam berganini ta'kidlab, unga minnatdorchiligini bildirgan.
«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatiga o‘z hissasini qo‘shayotgan tadbirkorlarni ham yoddan chiqarmaymiz. Tadbirkorlarimiz og‘ir damlarda yelkadosh bo‘lmoqda», degan davlat rahbari.
Prezident yig‘ilish davomida mutasaddilarga aholi uchun quriladigan uylar sifati va muddati borasida ham alohida topshiriq bergan.
«Uy qurilishini bir yilga cho‘zmanglar, barcha jabr ko‘rgan insonlar ikki oyda yangi, hovlisiga rayhon va mevali daraxtlar ekiladigan sifatli uylarga ko‘chib o‘tishi kerak», degan Shavkat Mirziyoyev.
Topshiriq bo‘yicha 14 maydan boshlab viloyat hududida qurilish ishlari boshlanadi.
Yaqin kunlarda prezident Sirdaryo viloyatiga borishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov Sirdaryodagi suv ombori to‘g‘oni buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishidan jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 15 million dollar miqdorida xayriya mablag‘i ajratgan edi.
Ushbu mablag‘ning 10 million dollarlik qismi O‘zbekiston uchun, 5 million dollari esa Qozog‘iston uchun taqdim etilgan.
Shu kunlarda Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimligi jabrlangan aholi pul mablag‘lari uchun dastlabki sertifikatlarni olishni boshlagani haqida xabar berdi. Usmonov tomonidan berilgan mablag‘lar 30 420 kishi o‘rtasida taqsimlanadi yoki har bir evakuatsiya qilingan oilaga 442 ming tenge (1000 dollar) miqdorida beriladi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024