Sönggi bir kun davomida Tojikistonda yana 211 kişida koronavirus aniqlandi. Bu 29 aprel kuni mamlakatga koronavirus kirib kelgani e'lon qilinganidan buyon eng yuqori kunlik ösiş böldi. Bu haqda Tojikistonda koronavirus haqida ma'lumot berib boruvçi covid.tj saytida xabar berilgan.

Endilikda mamlakatda koronavirus yuqtiriş holatlari soni 1 118taga yetdi. Şuningdek, yana 4 kişi koronavirus sabab vafot etdi va umumiy ölimlar soni 33tani taşkil etmoqda. Tojikistonda hozirça koronavirusdan tuzalganlar yöq.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori körsatkiç Qozoğistonda qayd etilgan - 5 689 holat. Özbekistonda 2 682 kişi, Qirğizistonda esa 1 111 kişi virus yuqtirgan.

Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan. Eng köp ölim holati Qozoğiston (34) va Tojikistonda (33) qayd etilgan. Özbekiston va Qirğizistonda mos ravişda 11 va 14 kişi virus sabab vafot etgan.