Bu haqida Eronning yöl va şaharlar qurilişi vaziri Muhammad Islomiy xabar qildi. 

“Biz uç tomonlama savdo ayirboşlaşni tiklaş uçun koronavirusni nazorat qiliş böyiça qöşma bayonnomalarga rozi böldik”, deb keltirgan Islomiy sözlarini Fars naşri.

10 kun içida Turkmaniston va Eron çegaralari örtasida dezinfeksiyalovçi mexanizmlar bilan ta'minlangan 20 metrlik tunnellar barpo etiladi. Özbekiston Erondan Turkmaniston orqali Özbekistonga tovarlar tranzitini yengillaştiriş uçun uşbu mexanizmga qöşilişga taklif qilingan.

Turkmaniston-Eron çegarasi Eronda koronavirus tarqalişi sababli fevral oxirida yopilgandi. Bu Turkmanistonda aksariyat Erondan import qilingan meva va sabzavotlar narxining keskin oşişiga olib kelgan.