Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi viloyatning diqqatga sazovor 7 maskani haqida ma'lumot berdi.
Mingtepa

Mingtepa - Andijon viloyati, Marhamat tumanining şarqiy qismida, Andijon şahridan 38 km uzoqlikda joylaşgan. U miloddan avvalgi V-IV va milodning IV asrlarida hukm surgan Dovon davlatining poytaxti bölgan Erşi şahri xarobalaridir. Keyinçalik Mingtepa deb nom olgan Erşi 70 şahardan taşkil topgan bölgan. Qadimda bu savdo şahri orqali “Buyuk ipak yöli” ötgan. Xitoy yozma manbalarida tilga olingan mazkur poytaxt-şahar özining hunarmandçiligi, dehqonçiligi va “samoviy tulporlari” bilan dunyoga maşhur bölib, öz davrida Xitoy davlati bilan raqobatlaşgan.
Imom ota ziyoratgohi

Ziyoratgoh qadimdan islom olamida munosib örin tutgan Imom Muhammad Hanafiya nomi bilan atalib kelingan. Tadqiqotçilar N.Abdulahadov, V.Azimovlarning “Oltiariq ziyoratgohlari”, “Nasibanomayi Muhammad Hanafiya” kitoblarida keltirişiça, islom laşkarboşisi Hazrati Alining öğli Muhammad Hanafiya Xurosonni zabt etib, aholining islomga kirişida xizmatlari katta bölganligi uçun “Xuroson ota”, “Imom ota” nomini olgan, şuning uçun bu ölkada Bobo Xuroson, Imom ota nomlari bilan boğliq diqqatga sazovor joylar mavjud. XVIII asrga oid ziyoratxona-xonaqoh XIX asr oxirlarida andijonlik Mahmudaliboy tomonidan qayta tiklangan. Uşbu obekt 1982 yilda me'moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.
Xonobod sihatgohi

Xonobod – vodiyning gözal tabiatli, musaffo havoli, ekoturizm uçun qulay hududi. Bu yerda hordiq çiqariş bilan birga betakror tabiat manzaralaridan zavq oliş mumkin. Sihatgoh dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylaşgan iqlimiy kurort hisoblanadi. Xonobod sanatoriysi özining kislorod bilan töyingan, ionlaştirilgan havosi bilan yuqori va quyi nafas yöllari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolaşga ixtisoslaşlgan. Xonobod sihatgohida şuningdek surunkali gastrit, xoletsistit, pankreatit, gastroduodenit, oşqozon va 12 barmoqli içakning yara kasalligi – çandiqlaniş bosqiçida, surunkali piyelonefrit, surunkali iç qotişi, ginekologik va urologik kasalliklar, periferik asab tizimi kasalliklari, suyak va böğim kasalliklaridan aziyat çekayotgan bemorlar davolanadi. Sihatgoh hududi 10,5 gektar maydonni egallaydi. Uning hududi qayrağoç, terak, eman, yonğoq, akatsiya, kaştan, arça, çinor va boşqa daraxtlar bilan burkangan.












