– Aziz yurtdoşlar, Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi nomidan Siz azizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi bölgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Har yili butun dunyo mömin-musulmonlari qatori yurtdoşlarimiz Iydul fitrni kötarinki kayfiyat, özgaça şukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandçilik ila nişonlaydilar.

Ramazon oyi davomida ado etilgan ibodatlar, ezgu amallar va mehr-saxovat işlari evaziga mömin-musulmonlar juda katta ajr-savoblarga erişadilar, inşa Alloh.

Ramazon oyida Alloh taolo farz qilgan röza tutilib, diyorimiz böylab xatmi Qur'onlar qilindi. Yordamga muhtoj kişilar va kam ta'minlangan oilalarga xayru saxovatlar qilindi.

Barçaga ma'lumki, bugungi kunda butun dunyo böylab, jumladan, yurtimizda ham koronavirus kasalligi keng tarqaldi. Hozir insoniyat murakkab davrni boşidan keçirmoqda. Yurtimizda epidemiologik vaziyatni jilovlaş, aholi salomatligini har tomonlama himoya qiliş uçun barça çoralar körilmoqda. Yurtimizda bu kasallik keng tarqalişining oldini oliş maqsadida karantin va bir qator çeklovlar joriy etildi.

Qat'iy karantin çoralarini qöllaş bilan mamlakatda kasallikning qayd etilgan holatlariga nisbatan ham, kunlik yangi holatlar ham past darajada saqlanib turibdi. Yurtimiz uşbu ofatdan ortiqça talafotlarsiz çiqişga erişmoqda va vaziyat barqarorlaşgani sari karantin çoralari sekin-asta yumşatilmoqda. Lekin, butun dunyoning köplab mamlakatlarida yangi turdagi koronavirus pandemiyasi bilan boğliq vaziyat keskinligiça qolmoqda.

Bayon etilganlardan kelib çiqib, 2020 yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bölib öqiş imkoniyati mavjud emasligi, mömin-musulmonlarning zimmasidan uşbu ibodatni soqit qiladi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşining koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça fatvosi va Ramazon oyini ötkaziş haqidagi bayonotida qayd etilganidek, epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda juma namozi örniga uyda peşin namozini, beş vaqt namoz va Ramazon oyidagi tarovih namozini uyda öqiş haqidagi tavsiyalar ayni Ramazon hayiti namoziga ham tegişlidir.

Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolişi sababli juma va boşqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat bölib öqişning iloji bölmaydi.