«Bugun Namangan viloyatida yana 9, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 29 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Şunday qilib Namangan viloyatida koronavirusdan foriğ bölganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Bundan avvalroq Namanganda 5, Samarqandda 24, Buxoroda 2, Toşkentda 25, jami 56 bemor tuzalgani xabar qilingandi. Xususan, Buxoro viloyati koronavirusdan xoli hududga aylangan.
Bugun Özbekistonda jami 85 bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 2492 nafarni taşkil etmoqda. Şifoxonalarda 523 bemor davolanmoqda.












