2020 yilning 22 may kuni soat 17:50da 49 yoşli E.X. öz boşqaruvida bölgan “TTZ” rusumli tirkamali traktorda Surxondaryo viloyati Uzun tumanni “Çinor” mahallasi hududidagi adirlikdan avtomaşinalar harakatlanişi uçun möljallanmagan yöldan pastga yönaliş böylab tuşib harakatlanib kelayotgan bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, şu vaqtda boşqaruvni yöqotişi oqibatida yönalişi böyiça yölning çap tomon qismida mavjud bölgan qurigan ariqqa ağdarilib ketib, yöl transport hodisasiga uçragan. Oqibatda fuqaro E.X. hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga sabab bölgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.








