AQŞ rasmiylari Özbekiston prezidentining 258 mahkumni, şu jumladan taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşganlarni afv etiş töğrisida yaqinda qabul qilingan qarorini yuqori baholadilar. Bu haqda Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi xabar bermoqda.
Xususan, AQŞning diniy erkinlik sohasida maxsus topşiriqlar böyiça elçisi Samuel Braunbek şunday dedi:
“Biz Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.M.Mirziyoyevga 258 nafar mahbusni, jumladan diniy sabablarga köra hukm etilganlarni afv etiş töğrisidagi qarorini yuksak e'tirof etamiz. Men barça joylardagi hamma diniy mahbuslarni ayniqsa COVID-19 koronavirusi davrida ozod qilişga çaqiraman”.
AQŞning Xalqaro diniy erkinliklar böyiça komissiyasi raisining örinbosari Nadin Maenza ham uşbu hujjat qabul qilinişini olqişladi.
“Prezident Ş.M.Mirziyoyevning yaqinda qabul qilingan 258 mahkumni, xususan ayrim diniy mahbuslarni afv etiş töğrisidagi qaroridan ruhlandim. Özbekistonda din erkinligi sohasidagi izçil rivojlanişni xursandlik bilan kuzatmoqdamiz”, - deya izoh qoldirdi komissiya vakili ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib ötamiz, AQŞ Komissiyasi şu yil aprel oyida diniy erkinliklar sohasidagi hisobotni e'lon qilgandi. Unda 2005 yildan beri birinçi marta Davlat departamentiga Özbekistonni “diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyğotadigan davlatlar” röyxatiga kiritiş taklif qilinmagan.








