Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti Andijon tuman bölimi tomonidan tadbirkorlar F.U. va S.T.larning murojaatiga asosan tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.
Boş prokuratura matbuot xizmatidan Kun.uz`ga ma'lum qilişlariça, tekşiruvda Andijon tuman DSI tahlil va prognozlaş bölimi boşliği J.Q. qonunbuziliş holatlarini sodir etgani aniqlangan.
«Xususan, bölimi boşliği J.Q. jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği hisob-raqamiga tölangan deklaratsiya soliğidan mavjud ortiqça tölovlarni qaytariş yuzasidan soxta xulosalarni tuzib, uşbu pul mablağlari hisobidan qarindoşi U.Q. va tuman DSI xodimi R.O.ning nomlariga oçilgan plastik kartalarga 236,2 mln sömni tuşirib, şundan 129,5 mln sömini fuqarolarga qaytarib, qolgan 106,7 mln sömini ehtiyojlari uçun sarflab, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan», – deyiladi press-relizda.
Holat yuzasidan J.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.







