Yuqoridagi suratda körib turganingiz — Nişondagi ikki qavatli uylarning oqava suvlari şundoqqina bino hovlisidagi hovuzga quyiladi. Uning tölib ketişi, yoz kunlarida badböy hid oçiq derazalardan xonadonlarga möralaşi odamlarni çarçatgan.
Ayni muammo öz navbatida hojatxona muammosini ham yuzaga keltirgan.
Xullas, aholi antisanitariya holatidan uzoq yillardan buyon aziyat çekadi. Çunki yuzdan ziyod ikki qavatli uylar bölgani holda Nişonda markazlaşgan kanalizatsiya tizimining özi yöq.
Aytişingiz mumkin, «xöş, axir hozirgi vaqtda qaysi çekka tumanda markazlaşgan kanalizatsiya tizimi bor?» deb. Hamma gap ham aslida ana şunda.
Nafaqat Nişon, balki Qaşqadaryodagi qator tumanlarda kanalizatsiya muammosiga duç keldik. Şu yilning özida Şahrisabz, Mirişkor tumanlari, Qarşi şahridan bir neça murojaatlar aynan kanalizatsiya masalasida böldi.
Aslida aksariyat tumanlarda köp qavatli uylar kanalizatsiya tarmoği bilan birga qurilgan (harholda, kanalizatsiyasiz köp qavatli uyni tasavvur qiliş qiyin). Ammo ötgan asrning 60–70 yillarida bunyod etilgan bu uylarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari allaqaçon çirib, işdan çiqqan. Oqibatda sönggi ön yillar davomida köp qavatli uylar yaşovçilari ayançli muammo qarşisida qolib ketmoqda.
Endilikda bu kabi tumanlardagi köp qavatli uylar atrof manzarasi hojatxonalar bilan köz oldimizda namoyon bölmoqda. Bundan ham yomoni, ayrim hududlarda ana şu hojatxonalarning ham yetişmovçiligi yana bir muammo. Yuqorida aytilgan Nişon tumanida ham xuddi şu holat hali ham mavjud.

Ötgan yili viloyatning Şahrisabz tumani Miraki mahallasidagi ikki qavatli uylarda yaşovçi fuqarolardan kelgan murojaatga e'tibor bering: «Mahallamizga umumiy hammom qurişmoqçi, iltimos, oldini olişga yordam bering...»
Ma'lum bölişiça, aholining hammom qurilişiga qarşiligi ham kanalizatsiya bilan boğliq ekan.
«Kanalizatsiya tizimi işlamayotgan bölsa, hammomning oqova suvlari qayerga çiqariladi? Yana bitta oqovali hovuz quriladimi?» deya savol qöygan şahrisabzliklar. Çunki 40ga yaqin uyda yaşovçilar şusiz ham kanalizatsiya oqovalaridan bezor bölgan.
Ana endi kanalizatsiya hovuzlari masalasida. Qançalik xunuk va sanitariya qoidalariga zid bölmasin, bizda markazlaşgan kanalizatsiya tarmoqlari örniga uylar oldida kiçik-kiçik oqova hovuzlari quriş urfga aylanib bormoqda. Xususan, yangi qurilayotgan köp qavatli uylar deysizmi, minglab qurilayotgan namunaviy loyihadagi hovlilar deysizmi, barçasida bittadan oqova suv hovuzçasi.
Joriy yil Şahrisabz tumani Ravot mahallasida bölganimizda aholi ayançli manzaradan şikoyat qilgandi. Yangi, namunaviy uylarning har birida yuqorida aytganimizdek oqova hovuzçasi bor. Albatta, bu hovuzlarning usti yopilib, qopqoq qöyilgan. Ammo bir yarim-ikki metr çuqurlikdagi quduq tezda tölib qolib, badböy hiddan hovlida turib bölmaydi.

Qarşi şahridagi tizimga oid murojaatlarning esa barçasi quvurlari yorilib, yertölaning tölib qolişi borasida. Şaharlarda uçraydigan muammolarning barçasi yana tizimning eskirib ketganiga taqaladi.
Gap faqat Qaşqadaryo viloyati haqida ham emas. Butun mamlakatda ayni vaqtda eng «uyatli» muammomiz ham xuddi şu masala bölib qolmoqda. Yuqorida «kanalizatsiyasiz ham köp qavatli uy böladimi?» degandik. Afsuski, markaziy tarmoqqa ulanmagan köp qavatli uylar qurilib yotibdi.
Aytaylik, Buxoroning Ğijduvon tumanida qurilgan 5 qavatli yoşlar uyi yaşovçilari mana bir yildirki kanalizatsiya muammosidan aziyat çekişadi. Bu uyning «markazlaşgan kanalizatsiya tarmoği» — bino yonidagi oqova hovuzi. Kun ötgan sayin oqovali hovuzlar soni ham oşib boryapti...

Mutaxassislarga köra, kanalizatsiya tarmoği bunyod etiş içimlik suv tarmoği yaratişdan köra ança murakkab va qimmat. Afsuski, baribir usiz me'yoriy sanitar holat ham bölmaydi, farovonlikni belgilovçi jihatlardan biri ham şu. Qançalik qimmat, qançalik murakkab bölmasin, yillar davomida töplanib qolgan bu oğir muammodan xalqni xalos etiş vaqti allaqaçon kelgan.
Ayni vaqtdagi holatni biliş uçun respublika miqyosidagi raqamlarga murojaat qilişning özi kifoya. Ötgan yilgi ma'lumotlarga köra, mamlakatimizdagi şaharlarning 57 foizi (79ta şahar)da kanalizatsiya tarmoqlari bor. Ularning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj bölib qolgan.
2019 yil 5 sentyabrda prezident iştirokida ötkazilgan yiğilişda mazkur soha tanqid ostiga olingandi. Prezident tomonidan şu kabi muammolarni hal etiş uçun sohada olib borilayotgan işlarni keskin jadallaştiriş lozimligini ta'kidlangandi.
Yiğilişda aytilganidek, mamlakatimizda 2030 yilgaça suv ta'minotini şaharlarda 98, qişloqlarda 85 foizga yetkaziş közda tutilgan. Kanalizatsiya tarmoqlari esa keyingi ön yillikda 31 foizga yetkaziş belgilangan. Buning uçun endi 4,5 milliard dollar mablağ kerak böladi.
Tabiiyki, kanalizatsiya tarmoqlarini yaxşilaş uçun ham avvalo suv ta'minoti kerak. Biz yuqorida aytgan hududlarda içimlik suvining özi katta bir muammo. Şu sababdan birgina Qaşqadaryoning Ğuzor va Qamaşi tumanlarida içimlik suv tarmoqlarini quriş va rekonstruksiya qiliş uçun (bu viloyatda içimlik suv ta'minoti 54 foiz) bu yil 92,5 milliard sömlik iş bajarilişi közda tutilgan.
Umuman, ötgan yilning özida respublika böyiça bu kabi işlarga 400 milliard söm mablağ ajratilgan. Bu – bir yilda oldingi ön yillikdagidan ikki baravarga köp.
Şuningdek, sohadagi muammolarni yaxşilaş uçun turli xalqaro moliya institutlari mablağlari ham jalb etilgani haqda bot-bot xabarlar e'lon qilinmoqda.
Qisqa qilib aytadigan bölsak, soha şunçalik abgor holatga kelib qolganki, ana endi tizimdagi loyihalar uçun ulkan mablağ ajratmasdan boşqa iloj ham yöq.
Endilikda yana bir eng asosiy masalalardan biri — loyihalar ijrosi va nazoratida. Qator loyihalarning sifatsiz bajarilişi, nazorat sustligi natijasini allaqaçon kördik. Aynan suv tarmoqlari bilan boğliq loyihalar ijrosida ham qator kamçiliklar közga taşlanyaptiki, bu allaqaçon tanqid ostiga olinmoqda.
Jumladan, joriy yil 12 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi tomonidan davlat rahbarining 2018 yil 30 noyabrdagi «Özbekiston Respublikasida içimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorining ijrosi holatini Farğona, Qaşqadaryo, Xorazm va Toşkent viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida örganiş yakunlariga bağişlangan yiğilişda bu masala tilga olingandi.
Yiğilişda Senat a'zolari tomonidan har törtala viloyatda ham loyihalarni amalga oşirişda kamçiliklar yöl qöyilayotgani, ularni yakunlaş ham keçiktirilayotgani tanqid qilindi. Demak, xalqimizning eng dolzarb muammosini yeçişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirişda kamçiliklarga yöl qöyilayotgani bor gap va bu köz yumiladigan narsa ham emas.
Yana bir mulohaza.
Modomiki, markazlaşgan kanalizatsiya tarmoqlari juda murakkab va qimmat ekan, zamonaviy va noan'anaviy boşqa turdagi loyihalarni ham örganiş va sinab köriş kerak, bizningça.
Misol uçun, markaziy tarmoqdan uzoqda, ammo ançagina aholi yaşaydigan hududlar uçun lokal kanalizatsiya tarmoqlarini qurib, ma'lum bir hududga nasos bilan haydalgan suvlarni maxsus inşootda tozalaş mumkin. Bu loyiha haqda bundan bir yil oldin Uy-joy kommunal xizmatlari vazirligi mas'ullari ham ma'lum qilişgan edi. Fikrimizça, mana şunday yondaşuvlar ham çekka hududlardagi kanalizatsiya muammolarini bartaraf etişda qöl kelişi mumkin.
Sönggi masala.
Nişon va yana bir qator tumanlarda yerosti sizot suvlarining yil sayin kötarilişi aholi uçun ham qişloq xöjaligi uçun ham zarar keltirmoqda. Afsuski, bu suvni na iste'mol qiliş va na qişloq xöjaligida işlatiş mumkin. Bu suvni pasaytirişning özi bir muammo. Şunday ekan, ehtimol mutaxassislar kanalizatsiya uçun mana şu suvdan foydalanişning yöllari haqda öylab körişar.
Uylarga ham içimlik suvi, ham texnik suv yetkaziş ortiqça xarajat ekani bor gap. Ammo bu iş faqat eng suv tanqis bölgan va sizot suvlardan aziyat çekayotgan hududlarda qöllansa bir yöla ikki muammoning oldi olingan bölardi. Albatta, bu ham bir taklif.
Xullas, jahon mamlakatlarida nimaiki tajriba bölsa, mutaxassislarda qanday taklif bölsa, barçasini örganiş, loyihalar ijrosini nazorat qiliş, nimaiki qiliş mumkin bölsa, hammasini qiliş kerak. Toki xalqimiz har bir uyga bittadan oqova hovuzi bilan qolib ketmasin.
Anvar Mustafoqulov,
Kun.uz muxbiri.












