Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyadan «Yaqin Sharqdan daf bo‘lish»ni talab qildi. Rossiya javob qaytardi
Rossiya "Yaqin Sharqdan daf bo‘lishi lozim", chunki u bu yerda "buzg‘unchilik qilyapti", dedi AQSh davlat kotibi yordamchisi Devid Shenker.
"45 yil davomida ruslarni Yaqin Sharqdan uzoqroqda tutish Amerika siyosatining tamal toshi bo‘lib kelgandi. Ular hozir bu yerda buzg‘unchilik qilmoqda. Ochig‘ini aytsak, ular bu yerdan daf bo‘lishlari kerak deb o‘ylaymiz", — dedi u.
U shuningdek, avvalgi prezident Barak Obama ma'muriyati ruslarning Suriyaga kelishini olqishlaganini tanqid qildi.
Shenkerning bu bayonotiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova javob qaytardi.
"Shenker oxirgi ikkita o‘n yillikda Amerikaning Yaqin Sharqdagi qaysi loyihasini muvaffaqiyatli deb hisoblashini bilmoqchimiz. Eslay olmaymiz. Faqat o‘lim va vayronkorliklar", — dedi u.
Rossiya qo‘shinlari 2015 yilda rasmiy Damashqning so‘roviga muvofiq Suriyaga kelgandi. Shuningdek, AQSh ham IShIDga qarshi kurashish maqsadida Suriyaga qo‘shin jo‘natgan.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
13:28 / 22.06.2026