Unga köra, Fransiya milliy jamoasi hamda «PSJ» klubi hujumçisi Kilian Mbappe dunyoning eng qimmatbaho futbolçisi deb topilgan. 21 yoşli goleadorning transfer narxi koronavirus pandemiyasi tufayli 6 million yevroga pastlagan bölsa-da, 259 million yevro futbolçilar orasidagi eng baland narx sanaladi. Parij klubi bilan 2023 yilgaça şartnomasi bölgan forvard joriy mavsumda jami 33 öyinda 30ta gol va 17ta golli uzatmani amalga oşirgan.

Kuçli beşlikdan ketma-ket tört nafar Angliya milliy jamoasi vakillari joy olgan. Jumladan, 2-örinda 194 mln yevro narx bilan Rahim Stering («Mançester Siti») joy olgan bölsa, 3-örinni Jyeydon Sanço («Borussiya») 179 mln yevro narx bilan band etgan. Trent Aleksandr-Arnold («Liverpul», 171 mln) va Markus Reşford («MYu», 152) 4-5-örinlarni egallagan. 

«Barselona» forvardi Lionel Messi bu safar 100 million yevro transfer narxi bilan 21-örinda, «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu esa 62 million yevro baho bilan 70-örinda qayd etilgan. 35 yoşli portugaliyalik forvard top-100talikka kirgan eng yoşi katta futbolçiga aylandi.

Qayd etiş joiz, 2019 yil yakunlariga köra Messi uşbu reytingda 171,2 millin yevro narx bilan 7-örinda qayd etilgan bölsa, Ronaldu 127,2 million yevro transfer narxi bilan 19-örindan joy olgandi. Ötgan bir yil va pandemiyadan keyin Messi bu röyxatda 14 öringa, Ronaldu esa 51 öringa pastlagan.

Jahonning eng qimmatbaho futbolçilari önligi:

1. Kilian Mbappe («Pari Sen-Jyermen») – € 259,2 mln
2. Rahim Sterling («Mançester Siti») – € 194,7 mln
3. Jyeydon Sanço («Borussiya» Dortmund) – € 179,1 mln
4. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») – € 171,1 mln
5. Markus Reşford («Mançester Yunayted») – € 152,3 mln
6. Muhammad Saloh («Liverpul») – € 144,9 mln
7. Sadio Mane («Liverpul») – € 139,2 mln
8. Antuan Grizmann («Barselona») – € 134,6 mln
9. Alfonso Devis («Bavariya») – € 133,5 mln
10. Harri Keyn («Tottenhem») - € 118,7 mln
…
22. Lionel Messi («Barselona») – € 100,1 mln
…
70. Kriştianu Ronaldu («Yuventus») – € 62,8 mln.