Rossiyaning TsSKA va Özbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyaçisi Abbosbek Fayzullayev Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolçisiga aylandi. 

Transfermarkt portali ma’lumotlariga köra, özbekistonlik sportçi narxi bir million yevroga oşgan va endi 6 million yevroga baholanmoqda. Qayd etilişiça, qiymatning oşişi 20 yoşli futbolçining muvaffaqiyati bilan bevosita boğliq: Fayzullayev klubda ham, milliy va yoşlar terma jamoasida ham yaxşi öyin namoyiş etmoqda. 

Abbos ötgan mavsumda TsSKA safida 32 ta öyinda maydonga tuşib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oşirdi. Fayzullayev Özbekiston yoşlar terma jamoasi bilan tarixda ilk bor Olimpiada öyinlari yöllanmasini qölga kiritdi. 

Narx böyiça Markaziy Osiyoda ikkinçi örinni Italiyaning «Kalyari» klubi hujumçisi, özbekistonlik Eldor Şomurodov hamda Qozoğiston milliy jamoasi hamda Turkiyaning «Beşiktoş» klubi yarimhimoyaçisi Baxtiyor Zaynutdinov egallab turibdi. Ularning har biri 5 million yevroga baholangan. 

Uçinçi örinda Aziz Ğaniyev (Özbekiston, Şabab Al-Ahliy) va Nurali Alip (Qozoğiston, Zenit) – har biri 3 million yevro.