Futbolçilarning şartnomasiga ixtisoslaşgan Transfermarkt portali Özbekiston çempionatida töp tepayotgan öyinçilarning yangilangan transfer qiymatlarini e’lon qildi.

Röyxatda birinçi örinni «Nasaf» klubining 25 yoşli darvozaboni Abduvohid Ne’matov egallab turibdi. Uning transfer qiymati 1,5 million yevroga baholangan.
Ikkinçi poğonadan «Paxtakor» yarimhimoyaçisi Akmal Mozgovoy joy oldi. Uning qiymati 100 ming yevroga oşib, 1,4 million yevroga yetdi.
Uçinçi örinda «Paxtakor» yarimhimoyaçisi Hojiakbar Alijonov — uning qiymati 100 ming yevroga kötarilib, 1,3 million yevroni taşkil qildi.
Eng katta ösiş «Paxtakor» yarimhimoyaçisi Dostonbek Hamdamovda kuzatildi. Uning transfer qiymati birdaniga 300 ming yevroga oşdi.
Superliganing eng qimmat 10 futbolçisi quyidagilar:
1. Abduvohid Ne’matov («Nasaf») — 1,5 mln yevro
2. Akmal Mozgovoy («Paxtakor») — 1,4 mln yevro
3. Hojiakbar Alijonov («Paxtakor») — 1,3 mln yevro
4. Şerzod Nasrullayev («Paxtakor») — 1,2 mln yevro
5. Lyupço Doriyev («Söğdiyona», Bolgariya) — 1,2 mln yevro
6. Hojimat Erkinov («Paxtakor») — 1 mln yevro
7. Jamşid Iskanderov («Neftçi») — 1 mln yevro
8. Dostonbek Hamdamov («Paxtakor») — 900 ming yevro
9. Ruslan Jiyanov («Navbahor») — 800 ming yevro
10. Abrorbek Ismoilov («Neftçi») — 800 ming yevro.







