Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Döstlik mahallasida 28 xonadon fuqarolari noroziligi namoyiş etilgan videolavha tarqaldi.
Sardoba tumani hokimligi axborot xizmati xabariga köra, uşbu fuqarolarning xonadonlari maxsus komissiyani qarori bilan yaroqsiz deb topilganligi aniqlanib, uşbu xonadon egalariga ham Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 40 million sömlik moddiy yordam, şuningdek, maişiy texnikalar uçun sertifikatlar topşirilgan.
“Hozirda tuman hokimligi tomonidan buziliş işlari töxtalib, uşbu vaziyat yuzasidan maxsus komissiya va viloyat hokimligiga ma'lumot kiritilgan.
Şuningdek, Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengaşi deputatlari tomonidan tuzilgan işçi guruh uşbu holat yuzasidan örganiş olib borilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
Joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv omboridan suv çiqişi natijasida yaqin atrofdagi fuqarolarning uylari, çorva mollari hamda hosillariga zarar yetgan. Ayni paytda uylarda ta'mirlaş işlari olib borilmoqda, aholi istiqomati uçun hozirlanmoqda. Şuningdek, tumanda yangi köp qavatli uylar qurilişi boşlab yuborilgan.













