Bugun 5 hududda - Toşkent şahri, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.
Bugungi 128 holatdan 94tasi karantin muassasalarida, 26tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölgan 8 kişiga ham virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Aholi orasida (+26)
Toşkent şahrida bugun aholi orasida 14 kişida virus aniqlandi. SSV ma'lumotiga köra, poytaxtda sönggi kunlarda Yunusobod dehqon bozori koronavirus öçoğiga aylangan, 11 iyun kuni bu yerda yana 6 nafar sotuvçida virus çiqqan. Şuningdek, Şayxontohur tumanidagi «Media park» savdo majmuasi xodimlari orasida virus aniqlanişi davom etmoqda, keça Çilonzor tumanida yaşovçi fuqaroga ham virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktorining birinçi örinbosari Botir Qurbonovning ma'lum qilişiça esa, 7 iyun kuni Toşkent şahrida aholi orasida aniqlangan 195 nafar bemorning 183 nafari bitta joyda işlagan quruvçilar bölgan.
Buxoro viloyatida aholi orasida 5 kişida virus aniqlandi. Aniqlik kiritilişiça, yangi kasallaniş holatlari Şofirkon, Vobkent va Jondor tumanida (şu tumandagi «VeT-FARM» MÇJ sotuvçisida) qayd etilgan.
Toşkent viloyatida ham aholi orasida 5 kişida virus aniqlandi. Sönggi kunlarda viloyatning Toşkent va Bekobod tumanlarida aholi orasida virus aniqlanayotgandi. Bugun Çirçiq şahri «qizil» hududlar qatoriga kiritildi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida yaşovçi ikki kişida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.
Karantin (+94)
Xorijdan kelgaç Toşkent viloyatidagi Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolar orasida 88 holat aniqlandi.
Toşkent şahrida kasallanganlar bilan aloqada bölgani uçun karantinga olinganlar orasida 2 holat qayd etildi.
Şuningdek, Sirdaryo viloyatida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib karantinga olinganlar orasida 4 kişida virus çiqqan.
Haydovçilar (+8)
Sirdaryo viloyatida 1 nafar, Toşkent viloyatida 7 nafar (Çinozda 2, Zangiotada 5) xorijdan kelgan xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilarida virus aniqlangan.
Tuzalganlar (+121)
Bugun Toşkent şahridagi 4ta tibbiyot muassasida jami 120 bemor tuzalib çiqdi. Andijon viloyatidagi bemorlarning 1 nafari soğaydi, uşbu viloyatda 3 nafar bemor davolanişni davom ettirmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1092 nafar bemordan 13 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda.
Bemorlarning 844 nafari Toşkentdagi davolaş muassasalarida, 248 nafari esa mamlakatning 8 hududidagi şifo maskanlarida davolanmoqda.
Hozirda Özbekistonda uy karantinida 25 100 nafar, statsionar karantinda esa 23 628 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.












