Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, Yunusobod tumanida taksi haydovçisida koronavirus topilgan. Ta'kidlanişiça, uning özi borib tahlil topşirgan.

Bundan taşqari, Olmazor tumanida uy bekasi koronavirus bilan kasallangan. Uçtepa tumanida mahalliy tadbirkorda koronavirus aniqlandi.

Avvalroq, Toşkentda tuğilgan kunni birgalikda nişonlaş holatidan keyin 13 kişi koronavirus infeksiyasini yuqtirganligi haqida xabar berilgan edi.

Bundan taşqari, sönggi vaqtda Sergeli tumani aholisi orasida koronavirus infeksiyasi tez-tez aniqlanmoqda.

2020 yil 19 iyun soat 23:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 946 nafarni taşkil etmoqda.  

Ayni paytda respublikada 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan fuqarolar (72 foiz) soğaygan. Mamlakatda 1654 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.