1 iyuldan boşlab Turkish Airlines aviakompaniyasi Özbekistonga koronavirus pandemiyasi tufayli töxtatilgan aviareyslarni qayta yölga qöyadi. Bu haqda aviakompaniya saytida aytilgan.

Reyslar haftada tört marta amalga oşiriladi: Istanbuldan Toşkentga - seşanba, çorşanba, şanba va yakşanba kunlari, Toşkentdan Istanbulga - duşanba, seşanba, juma va şanba kunlari.

Hozirgi vaqtda Turkiya çet el fuqarolarining mamlakatga kirişiga ruxsat bermoqda, ammo çegarada yölovçilarni tibbiy nazorat qiliş amalga oşirilmoqda. Bu COVID-19 koronavirus kasalligiga ehtimoliy testni ham öz içiga olgan.