AQŞ kasallaniş holatlari va qurbonlar soni böyiça yetakçilik qilmoqda / Getty Images

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, butun dunyoda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 9 milliondan oşdi (Worldometer portali hisoblariga köra, dunyo 21 iyun kuniyoq bu nuqtadan ötgan), 470 mingdan ortiq ölim holati qayd etilgan. Şu vaqtgaça 4,4 million kişi kasallikdan tuzalib çiqqan.

Ayni vaqtda Lotin Amerikasi kasallikning asosiy öçoği bölib qolmoqda, şuningdek, Hindiston va Pokistonda ham yangi bemorlar soni şitob bilan ortmoqda.

Braziliya va Hindistonda kasallaniş holatlari soni yanada köproq aniqlanmoqda
Braziliyada Covid-19 tufayli qayd etilgan ölimlar soni 50 mingdan oşdi, şuningdek, Braziliya virusdan zararlaniş holatlari soni 1 milliondan oşgan ikkinçi mamlakatga aylandi. Ekspertlar uşbu mamlakat pandemiyaning eng yuqori kötariliş nuqtasidan ötişiga hali bir neça hafta borligini aytişmoqda.

Amazonas ştati markazi Manausdagi qabriston şunday körinişda / Getty Images

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru mamlakat iqtisodiyotini tiklaş qat'iy karantin çoralarini qöllaşdan muhimroq ekanini yana bir bor ta'kidladi. Uni bu pozitsiyasi uçun köp marta tanqid qilişgan - xalqaro ekspertlar ham, Braziliya aholisi ham.

Pandemiya boşlanganidan buyon Braziliyada ikki marta soğliqni saqlaş vaziri iste'fosi kuzatildi - ularning ikkisi ham şifokordan çiqqan vazirlar edi. Birinçi vazirni Bolsonaru işdan böşatgandi, ikkinçisi esa ijtimoiy masofa saqlaş tartibini joriy etişga könmagan prezidentdan norozi bölgan holda iste'foga çiqdi.

Yakşanba kuni Braziliya şaharlari köçalarida namoyişlar ötkazildi, ularning bir qismi Bolsonaru tarafdorlari bölsa, qolgan qismi unga qarşilar edi.

Kasallanganlar va vafot etganlar soni böyiça Braziliya faqat AQŞdan ortda qolmoqda - Amerikada kasalligi qayd etilganlar soni 2,2 milliondan oşdi, 120 ming kişi Covid-19 qurboni bölgan.

Hindistonda yakşanba kuni yana 15 ming kişida virus  aniqlandi va jami holatlar soni 425 mingdan oşdi. Covid-19 bu mamlakatda şu vaqtgaça 13,2 mingdan ortiq kişini hayotdan olib ketgan. Hindiston hozirda jahon reytingida AQŞ, Braziliya va Rossiyadan keyin törtinçi örinda bormoqda.

Ikki hafta muqaddam hukumat karantin rejimi yumşatilgani haqida ma'lum qilgandi va şundan söng kasallaniş holatlari yana keskin ösa boşladi. Ekspertlar Hindistonda epidemiya çöqqisi iyuldan sentyabrga qadar davom etadigan yomğirlar mavsumiga töğri kelişini prognoz qilişmoqda.

Hindiston: ayollar ölimi nega köp?

Statistikaga köra, Hindistonda koronavirus tufayli ayollar erkaklarga qaraganda köproq ölmoqda

Statistikaga köra, Hindistonda Covid-19 tufayli köproq ayollar vafot etişmoqda, holbuki boşqa mamlakatlarda bu nisbat butunlay boşqaça: dunyoning boşqa mamlakatlarida erkaklar kasallikni ayollarga qaraganda oğirroq şaklda ötkazib, koronavirus qurboni bölgan erkaklar soni ham köproq bölmoqda.

Şu bilan birga, Hindistonda kasallikka çalingan erkaklar soni boşqa davlatlarda bölgani kabi ayol bemorlar sonidan köproq.

Avvalroq, Jons Hopkins universiteti qoşidagi Blumberg soğliqni saqlaş institutidan bölgan Sabra Klyayn erkaklar uçun kasallikka çaliniş xavfi keksa yoşdagilarda bölgani kabi yuqori ekani haqida aytgandi.

Janubiy Koreyada ikkinçi tölqin
Janubiy Koreyada duşanba kuni Seul atrofidagi hududlarda koronavirus infeksiyasi tarqalişining ikkinçi tölqini qayd etilgani haqida ma'lum qildi. Janubiy Koreya kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi (KCDC) ma'lumotiga köra, ikkinçi tölqin may oyi boşidagi bir neça klasterça zararlanişdan kelib çiqdi.

Seuldagi dezinfeksiya jarayoni / Getty Images

KCDC rahbari Çon In Genning aytişiça, Seulga ikkinçi tölqin yetib keldi, buning manbasi esa tungi klublardir. U buni aksariyat yangi holatlar aynan poytaxtga töğri kelişi bilan izohladi.

Tejon şahrida qat'iy karantin çoralari joriy etilgan, şaharda sport zallari, muzeylar, kutubxonalar va çerkovlar yopilgan.

Hukumat kunlik kasallaniş holatlari soni 30tadan oşsa çeklovlar yanada qat'iylaştirilişi haqida ma'lum qildi. Yakşanba kuni mamlakatda 17ta yangi holat qayd etildi, şundan 6ta holat xorijdan kelganlar bilan boğliq.

Janubiy Koreyada şu vaqtgaça 280 kişi Covid-19 tufayli halok böldi, jami holatlar soni 12 mingdan oşgan.

Jokoviç turnirida koronavirus
Dunyoning birinçi raqamli raketkasi, serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç tomonidan taşkillaştirilgan Adria Tour turnirida iştirok etgan bir neça sportçida Covid-19 aniqlandi.

Bugun xorvatiyalik tennisçi Borna Çoriç ham test natijasi musbat çiqqanini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, kasallik taşqi alomatlarsiz keçmoqda. Avvalroq bolgariyalik tennisçi Grigor Dimitrov va Jokoviçning fitnes-murabbiyi Dimitrovda ham Covid-19 aniqlangandi.

Körgazmali turnir Serbiya poytaxti Belgradda va Xorvatiyadagi kurort şahar Zadarda ötkazilgandi.

BBC naşrining Serbiyadagi muxbiri xabar berişiça, Jokoviç va u taklif etgan tennisçilar Zadardagi bahslar vaqtida ijtimoiy masofa saqlaş qoidasiga amal qilişmagandi. Ular basketbol öynaşgan, mahalliy maktabga taşrif buyurişgan hamda restoranlarda köngilxuşlik qilişgan.

Lissabonda çeklovlar qaytarilmoqda
Portugaliya hukumati yangi kasallaniş holatlari avj olişi tufayli Lissabonda qator çeklovlarni qaytardi.

Lissabon aholisini yana qat'iy çeklovlar kutmoqda / Getty Images

Mamlakat boş vaziri Antoniu Koştaning ma'lum qilişiça, 23 iyunga ötar keçasi kuçga kiradigan yangi tartibga köra, öndan ortiq kişi bir joyda töplanişi va jamoat joylarida spirtli içimliklar içiş taqiqanadi. Bundan taşqari, epidemiyadan nisbatan köproq jabrlangan hududlardagi dökonlarda iş soatlari qisqaradi. 

Portugaliya Yevropada nisbatan erta çeklov çoralari joriy etgan davlat bölgandi, ayni vaqtgaça mamlakatda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 40 mingga yetgan, 1500dan ortiq kişi vafot etgan.

Boylar yanada boy, qaşşoqlar yanada qaşşoq
Britaniyadagi Resolution Foundation jamğarmasi tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, Britaniyada lokdaun vaqtida kam daromadli oilalar uluşi ortgan, şu bilan bir vaqtda nisbatan boy oilalar soni tejamkorlik tufayli öz boyligini köpaytirgan.

Kam daromadli oilalar esa lokdaun vaqtida öz jamğarmalarini sarflab bölişgan va qarzga botişgan.

Şu bilan birga, Britaniya davlat statistik byurosi sörovlariga köra, lokdaun aholining katta qismi ruhiyatiga salbiy ta'sir körsatgan.

Respondentlarning 40 foizi epidemiologik vaziyat tufayli öz hayotida jiddiy özgarişlar bölganini ma'lum qilib, lokdaun davrida ayniqsa ruhiy tomondan qiynalişganini tan olişgan. Sörovnomada qatnaşgan 16-29 yoşlilarning 42 foizi, 30-59 yoşlilarning 25 foizi va 60dan oşganlarning 15 foizi ruhiy salomatligi yomonlaşgani haqida bildirgan.