
Zebo Ğaniyeva 1923 yilning 20 avgustida tuğilgan. Uruş boşlanganda Zebo 16 yoşda bölib, Moskvadagi teatr san'ati institutida öqirdi. Dahşatli voqealar xavfi tuğilgaç, institut Şarqqa evakuatsiya qilinadigan böldi. Ammo köpçilik talabalar frontga borib, qölga qurol olib vatanni bosqinçilardan himoya qiliş istagini bildirdilar. Ular qatorida Zebo Ğaniyeva ham bor edi.
1941 yil oktyabridayoq u Moskva yaqinidagi diviziyalardan birining pulemyotçilar rotasida jang qila boşladi. Qizning teran aqli, ötkir közlari juda qisqa vaqt içida unga merganlikni örganib oliş va qiron keltirilgan faşistlar sanoğini oşiriş imkonini berdi. U tez-tez razvedkaga ham borib turdi.
Kunlarning birida Ğaniyeva bilan dugonasi Nina Soloveyga oçiq maydonga çiqiş, emaklagan holda nemis handaqlariga yaqinlaşib boriş hamda u yerda nimalar bölayotganini bilib qaytiş haqida buyruq berildi. Qiş payti edi. Qizlar oppoq xalatlarga öralib heç kimga sezdirmasdan maydonga çiqdilar-da, ertalab soat beşga yaqin duşman handaqlariga yetib bordilar. Ular sakkiz soat sovuqda qimir etmay, ovoz çiqarmay yotdilar. Diviziyada esa qizlar sovuqda qotib qolişdi, deb öylaşdi. Qoronği tuşgaç, har ikkisi yana emaklab ortga qaytib kelişdi.
Qizlar juda köp muhim ma'lumotlardan voqif bölişgan edi. Butun vujudni quloqqa aylantirib nemislarning har bir sözini eslab qolişdi. Kiyim-boşlarini, qurollar-u, şoşilib tikilgan pogonlarni ham nazardan qoçirişmadi, çunki bu belgilar yangilar kelib qöşilganidan dalolat berardi.
Öşa qişning özida Zebo 16 marta razvedkaga bordi, duşman haqida muhim ma'lumotlar olib keldi. Razvedkalar oraliğidagi tanaffus paytlarida esa qölga mergan miltiğini olib oçiq marraga çiqar va faşistlarni qiyratardi.
1942 yilning aprel-may oylarida öz hisobiga 21 nafar fritsni yozib qöygan. Öz sözlariga köra, butun uruş davomida u 129 faşistni yöq qilgan.

1942 yilning 23 may kuni Leningrad oblastidagi Vragovo qişloğida Zebo haqiqiy qahramonlik körsatadi. U tepalikda merganlik pozitsiyasini egallab turganida nemislar qişloqni taşlab çiqa boşlaydilar. Zebo öz şeriklari bilan ularni öqqa tutadi va olti faşistni yer tişlatadi. Bu paytda qişloqda jang olib borayotgan leytenant Marçenko kömak söraydi va Zebo safdoşlari bilan qişloq tomon yuguradi. Şu payt panada örnaşib olgan avtomatçi ularni öqqa tutadi. Zebo javob öqi bilan avtomatçini tinçitadi, lekin şu payt yöllangan minomyot zarbalaridan keyingi oskolkalardan qattiq yaralanadi.





