BMT boş kotibi Antoniu Guterreş Ikkinçi jahon uruşi tarixini qayta yoziş böyiça harakatlar, Xolokostni rad etiş va yevropalik yahudiylarning qirğiniga aloqador bölgan şaxslarni reabilitatsiya qilişni qoraladi.

U “qator davlatlarda” kuzatilayotgan bunday holatlarni antisemitizm va murosasizlikning zamonaviy şakllari qatorida tilga oldi.

"Xolokostdan söng BMTning taşkil etilişi dunyo şunday nafrat va zöravonlikdan qoçişi mumkin ekaniga umid berdi. Biroq, antisemitizm va murosasizlik taşvişli holat bölib qolmoqda", - dedi Guterreş Tel-Avivdagi yahudiy xalqi Muzeyida çiqiş qilib.

"Aniq dalil-isbotlar bor ekaniga qaramay, Xolokostni rad etayotgan yoki uning kölamini kamaytirayotgan şaxslar hamon bor. Ba'zi davlatlarda Ikkinçi jahon uruşi bilan boğliq tarixni qayta yoziş hamda Xolokost fojiasi va jinoyatlarga aloqador bölgan qator şaxslarni reabilitatsiya qiliş tendensiyasi közga taşlanmoqda", - deya qöşimça qilib ötdi u.

Guttereşning Tel-Avivdagi çiqişi uning BMT boş kotibi sifatida Yaqin Şarq mintaqasiga ilk taşrifini yakunlab berdi. U bu yerda Isroil va Falastin rahbarlari bilan muzokaralar ötkazdi, Ğazo sektoriga bordi.