General Sobir Rahimov 1902 yil 25 yanvarda tuğilgan. Uning tuğilgan joyi sifatida 2ta hudud taxmin qilinadi: Toşkent şahri yoki ayrim ma'lumotlarga köra, hozirgi Janubiy Qozoğiston viloyati, Kazigurt tumani. Bölajak harbiyning otasi qozoq, onasi esa özbek millatiga mansub bölgan.
Sobir Rahimov 1922 yilda qizil armiya safiga xizmatga borgan. 1925 yilda esa Boku birlaşgan harbiy maktabini tamomlagan. Keyinçalik 1930 yilda qömondonlik malaka oşiriş kurslarini tugatgan, turli harbiy okruglarda xizmat qilgan.
1938 yilda qizil armiya safidan zaxiraga böşatilgan, biroq 1940 yilda armiyaga qayta tiklanadi va Rahimov ğarbiy maxsus harbiy okrugga yuboriladi.
Uruşga qadam
Sobir Rahimov 1941 yil iyun oyida Ikkinçi jahon uruşiga mayor unvonida, motoöqçilar polkining komandiri örinbosari lavozimida kirişgan.
U ğarbiy frontda Belarus va Smolensk viloyatidagi mudofaa janglarida qatnaşgan. 1941 yil iyul oyida yaralanib, gospitalga yuboriladi.

Sobir Rahimov davolangaç, yana uruş hayotiga qaytariladi, lekin 1942 yil yanvarda ikkinçi marta yaralanadi. Söng yana tuzalib uruşga qaytadi. 1943 yil boşida u boşçilik qilgan diviziya Şimoliy Kavkazdagi hujum operatsiyalarida jonbozlik körsatadi.
Oldingi saflardagi general
Polkovnik Sobir Rahimov 1943 yil 19 martda general-mayor harbiy unvonini olgan.
Toşkent şahrida joylaşgan «Şon-şaraf muzeyi» tarixçi olimlarining ma'lumot berişiça, Sobir Rahimov general bölişiga qaramay, hamişa oddiy askarlar bilan suhbatdoş va hamfikr bölgan.

Tarixçilarning aytişiça, Rahimov har qanday jangda oldingi saflarda bölgani haqida ma'lumotlar bor. Balki şuning uçundir, Stalin uni «temir general» deya sifatlagan edi.
1943 yil 8 aprelda general-mayor Rahimov divizion boşqaruvidan ozod qilinib, Moskvaga, Voroşilov nomidagi boş ştab harbiy akademiyasiga öqişga yuboriladi.
Akademiyani tamomlagaç, general frontga qaytadi va 1944 yil noyabrda öqçilar diviziyasiga komandir etib tayinlanadi.
















