Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskvadan qaytganidan söng öz-özini izolyatsiya qiliş rejimiga ötadi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Prezident va uning hamrohlari Bişkekka qaytmoqda, tahlili musbat çiqqanlar 14 kunlik öz-özini izolyatsiya qilişga ötadi. Prezident va boşqa şaxslar ham tahlil natijalari çiqquniga qadar, taxminan uç kun öz-özini izolyatsiya qiliş rejimiga ötadi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
24 iyun kuni Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskvada bölib ötgan Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 75 yilligiga bağişlangan tadbirlarda qatnaşmadi.
Ma'lum qilinişiça, Jeenbekov delegatsiyasiga hamrohlik qilgan ikki nafar şaxsda koronavirusga test musbat natija bergan.
Koronavirus Qirğiziston prezidenti devoni taşqi siyosat bölimi boşliği Doniyor Sidiqov va qöriqlaş xizmatining bir nafar xodimida aniqlangan.













