Kaktus.media xabariga ko‘ra, delegatsiyaga hamrohlik qilgan ikki nafar shaxsda test musbat natija bergan.
Belgilangan tartibga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashmaslikka qaror qildi.
Koronavirus Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Sidiqov va qo‘riqlash xizmatining bir nafar xodimida topilgan.
23 iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Rossiya poytaxti Moskva shahriga amaliy tashrif bilan yetib bordi. Tashrif davomida davlat rahbari Moskvaning Qizil maydonida harbiy paradda, shuningdek, Kreml devori yonidagi noma'lum askar poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etishi kerak edi.










