Xususan, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari Toşloq tumanida tezkor tadbir ötkazişdi.

Tadbir davomida “Vodil-Toşloq” yönalişi böyiça harakatlanayotgan fuqaro X.A. boşqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomaşina töxtatilib, örnatilgan tartibda xolislar iştirokida tekşiruvdan ötkazildi.
Natijada, avtomaşina yukxonasida tegişli hujjatlari bölmagan umumiy qiymati 331 million sömlik 170 dona uyali telefonlar borligi ma'lum böldi.
Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro N.X.ning yaşaş xonadoni ham örnatilgan tartibda közdan keçirildi.
Tekşiruv davomida uşbu şaxs öz yaşaş uyida umumiy qiymati 718 million sömlik 400 dona uyali telefonlarni noqonuniy ravişda saqlab kelayotgani aniqlandi.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida, umumiy qiymati 1 mlrd. 49 million sömlik, jami 7 turdagi 570 dona uyali aloqa vositalari aşyoviy dalil tariqasida olib qöyildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.











