2020 yilning 30 iyun kuni videokonferensaloqa orqali yuqori darajali «Markaziy Osiyo – AQSh» («C5+1») shaklidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik muhokama qilinadi, deyiladi TIV xabarida.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.







