Prezidentning 22.06.2020 yildagi PF-6012-son Farmoni bilan BMTning inson huquqlari böyiça ustav organlari va şartnomaviy qömitalari xabarnomalari va qarorlarini körib çiqiş böyiça davlat organlarining özaro hamkorlik qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Inson huquqlari böyiça xalqaro şartnomalar bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş vakolatlari Özbekiston tomonidan tan olingan BMTning organlari uning ustav organlari va şartnomaviy qömitalaridir, deb yozadi Norma.
Özbekiston iştirokçisi bölgan xalqaro şartnomalar bilan kafolatlangan huquqning Özbekiston tomonidan buzilganligi töğrisidagi xabarnoma (şikoyat/ariza)ni yakka tartibda BMT organlariga taqdim etgan Özbekiston yurisdiksiyasi ostida bölgan şaxs yoki uning vakili arizaçi hisoblanadi.
Nizom bilan xabarnomani körib çiqiş böyiça davlat organlari va BMT organlarining özaro hamkorligining quyidagi sxemasi belgilangan.
TIVga kelib tuşgan xabarnoma 10 iş kuni içida Inson huquqlari böyiça Milliy markaz hamda Adliya vazirligiga yuboriladi.
Markaz xabarnomaning mazmunidan kelib çiqib, 5 iş kuni içida tegişli davlat organlariga xabarnomani körib çiqiş uçun işçi guruhni şakllantiriş maqsadida sörovnoma yuboradi. Davlat organlari Markaz bilan özaro hamkorlikni ta'minlaş uçun mas'ul şaxslarni belgilaydi va 3 iş kuni içida işçi guruhga kiritiş uçun nomzodlarni taqdim etadi. Şundan keyin Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda 5 iş kuni içida xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiq kelişi böyiça örganiş uçun işçi guruhni şakllantiradi va Özbekistonning asoslangan javobini taqdim etiş muddatini belgilaydi.
Tegişli davlat organlari Markaz tomonidan belgilangan muddatlarda (15 iş kunigaça) BMT organlarining tartib-taomillarida örnatilgan mezonlarga köra tegişli xabarnomaning maqbul yoki maqbul emasligi böyiça asoslangan javoblarini yuboradi.
Işçi guruh davlat organlaridan kelib tuşgan ma'lumotlarni belgilangan muddatlarda körib çiqadi va Özbekistonning asoslangan javobini tayyorlaydi. Xabarnomaning maqbulligi töğrisidagi javob Markaz tomonidan, öz navbatida, BMT organlariga taqdim etilişi uçun TIVga yuboriladi.
Xabarnoma maqbul emasligi sababli rad etilgan taqdirda, uning asoslari tasdiqlovçi hujjatlar ilova qilingan holda körsatiladi. Bunda işçi guruh faoliyati tugatiladi.
BMT organlaridan xabarnomalarning maqbulligi masalalari böyiça qöşimça hujjatlar va axborot taqdim qiliş töğrisida sörovnoma kelib tuşgan taqdirda, işçi guruh sörovnoma TIVga kelib tuşgan vaqtdan boşlab 1 oy içida javob taqdim etadi.
Davlat axborotini taqdim etişning umumiy muddati 6 oydan oşmasligi kerak. Tegişli protsessual qonunçilik bilan boşqa muddatlar belgilangan holatlar bundan mustasno.
Markaz 5 iş kuni içida körib çiqiş uçun maqbul deb topilgan xabarnomani tahlil qiladi va uning mazmunidan kelib çiqib, tegişli davlat organlari uçun savollarning asosiy röyxatini belgilaydi va qöyilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim qiliş uçun sörovnomalar yuboradi. Davlat organlari 15 iş kuni içida qöyilgan masalalar yuzasidan asoslangan dalillarni va tayyorlangan axborotni tasdiqlovçi hujjatlar bilan birga Markazga taqdim etadi.
Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda 1 oy içida davlat organlaridan olingan axborotni umumlaştiradi, Özbekistonning javobi loyihasini tayyorlaydi. Javob, öz navbatida BMT organlariga taqdim etilişi uçun TIVga yuboriladi.
Markaz TIV orqali BMT organlari tomonidan tegişli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorning töliq matnini oladi va uni öz rasmiy veb-saytida joylaştiradi. Şuningdek, Markaz mazkur qarorlar hisobini reyestr şaklida yuritadi.
BMT organlari tomonidan tegişli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qaror kelib tuşgan vaqtidan boşlab 10 kun içida keyinçalik u sud tartibida körib çiqilişi uçun Oliy sudga qayta yuborilişi uçun TIV tomonidan Markazga yuboriladi.
Markaz tegişli davlat organlaridan BMT organlari qarorlarini körib çiqiş yuzasidan qabul qilingan çora-tadbirlar töğrisidagi axborotni sörab oliş huquqiga ega. Qabul qilingan axborot Markaz tomonidan, öz navbatida, BMT organlariga taqdim etilişi uçun TIVga yuboriladi. Qabul qilingan çora-tadbirlar töğrisida davlat axborotini taqdim etişning umumiy muddati BMT organlarining tegişli xabarnoma yuzasidan qarori TIVga kelib tuşgan kundan boşlab 5 oyni taşkil etadi.
BMT organlari qarorida belgilangan zararni qoplaş uçun tölov (kompensatsiya) miqdori sud tartibida belgilanadi.
Kelib tuşgan xabarnomalar hamda BMT organlari qarorlarining ijro etilişi ustidan monitoring Markaz tomonidan amalga oşiriladi.
Hujjat 23.06.2020 yildan kuçga kirdi.












