Netflix videoservisi asosan afroamerikaliklarga xizmat körsatadigan 30ta moliya kompaniyasi, bank va kredit ittifoqlariga öz pul mablağlarining 2 foizini ötkazadi. Kompaniyaning pul mablağlari 5 mlrd dollarni taşkil etadi.

Kompaniya bu mablağ mazkur moliya institutlarining aholi va biznesga kredit ajratiş imkoniyatini yaxşilaşiga umid qilmoqda.

Köplab kompaniyalar afroamerikalik Jorj Floydning ölimidan keyin ijtimoiy tengsizlik va irqçilikka qarşi kuraş bilan şuğullanadigan taşkilotlarni qöllab-quvvatlaşni boşladi. Masalan, Nike va uning Jordan brendi ana şunday taşkilotlarga iyun oyida 140 mln dollar ötkazib berdi.

Avvalroq Netflix qora tanli san'at arboblari va huquqni himoya qiluvçi taşkilotlarga 5 mln dollar ajratişga va'da bergandi. Kompaniya endilikda qora tanli aholiga kredit beradigan moliya institutlarini qöllab-quvvatlaşga qaror qildi.

AQŞ depozitlarni suğurtalaş böyiça federal korporatsiyasining ma'lumotiga köra, egalari yoki rahbarlari qora tanlilar bölgan moliya institutlari mamlakatdagi barça tijorat banklarining atigi 1 foizini taşkil etadi.