Amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonida koronavirusga çaliniş holatlari tobora köpayayotgani sababli podşohlikni öz oilalari bilan birga tark etişmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, diplomatlarning bir qismi mamlakatni 4 iyulda tark etgan. Yaqin orada Saudiya Arabistonini yana bir neça önlab diplomatlar tark etişi kutilmoqda.
WSJ’ning xabar berişiça, AQŞ elçixonasining kamida 30 xodimida koronavirus aniqlangan. Ulardan köpçiligi AQŞ fuqarolari bölmay, mart oyidan beri masofadan işlaşgan.
Ta'kidlanişiça, iyunda AQŞ kongressi vakillar palatasining taşqi işlar böyiça qömitasi göyoki noma'lum kişidan Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat borasida xavotir bildirilgan maktub olgan. Şu sababli AQŞ davlat departamenti öz diplomatlariga podşohlikni tark etişga ruxsat bergan.
Bir qator amerikalik diplomatlar ham Saudiya Arabistonidagi koronavirus bilan boğliq vaziyatdan xavotir bildirgan va Saudiya Arabistoni soğliqni saqlaş vazirligi har kuni yangi kasallaniş holatlari haqida xabar qilayotganiga qaramay, podşohlik hukumati yangi kasallaniş holatlari sonini kamaytirib körsatişi mumkin, deb hisoblamoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Saudiya Arabistonida koronavirusga çalinganlar soni 205 mingdan köproqni, undan vafot eganlar soni 1858 nafarni taşkil qilmoqda. Bu orada AQŞda kasallanganlar soni 15 marta köproqni taşkil qilib, 3 mlnga yaqinlaşib qoldi, virus qurbonlari soni 132 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.









