Niderlandiyada dunyodagi ilk muzyorar yaxta La Datcha suvga tuşirildi. Uşbu yaxta rossiyalik tadbirkor, “Tinkoff-bank” asosçisi Oleg Tinkov buyurtmasiga köra qurilgan.
Forbes ma'lumotlariga köra, yaxta 100 mln yevro turadi. Uni sentyabrdan La Datcha sayti orqali haftasiga 740 ming yevrodan ijaraga oliş mumkin böladi.

Tegişli sohani yorituvçi Yacht Harbour naşrining ma'lum qilişiça, xususiy muzyorar yaxta Flissingen port şahrida suvga tuşirilgan. 77 metrlik yaxtada batiskaf, vertolyotlar uçun ikkita maydonça, snegoxodlar, ikkita jakuzi, sauna, massaj xonasi, trenajyor zali va 6 ta kayuta bor. Yaxta ekipajning 24 a'zosi va 12 yölovçiga möljallangan. U takomillaşgan yonilği baklari va çiqindilarni töplaş tizimi hisobiga dengizda 40 kun qolişi mumkin.
“Dunyo şunçalik ulkan, hayotimiz esa şunçalik qisqaki, biz iloji boriça köproq narsani tadqiq qilişimiz lozim”, deb aytgan Tinkov.

Tadbirkor yaxta qurilişi haqida 2018 yilda ma'lum qilgan. U yaxtada yiliga 20 kun suzişni, qolgan vaqt esa uni ijaraga berişni rejalaştirgan. 2019 yilda tadbirkorda oq qon kasalligi aniqlangan, 2020 yilda esa u koronavirusni boşdan ötkazgan.












