Rossiya Adliya vazirligi «çet el agentlari» reyestriga tadbirkor Oleg Tinkovni kiritdi.

Qarorda Tinkov çet el agentlari materiallarini yaratişda iştirok etgani, Rossiya rasmiylarining qarorlari va siyosati töğrisida «notöğri ma’lumot» tarqatgani, şuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiyasiga» qarşi çiqqani ta’kidlangan.

Oleg Tinkov Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan keyin uruşga qarşi pozitsiyani egalladi. Tadbirkor 2022 yil oktyabr oyida «Putin faşizmi bilan aloqador bölişni istamasligini» aytib, Rossiya fuqaroligidan voz keçgan edi.

Rossiyada Tinkov TCS Group («Tinkoff» bankning boş kompaniyasi) uluşiga ega edi, ammo 2022 yil aprel oyida u aktivni Vladimir Potaninning «Interros» holdingiga sotdi. Tinkovning ta’kidlaşiça, Rossiya hukumati uni öz uluşini «arzon-garovga» sotişga majburlagan. Sotişdan keyin Tinkovning boyligi bir neça milliard dollardan 860 million dollargaça tuşib ketdi, deb yozdi Forbes.

Tinkovning uruşga qarşi pozitsiyasiga qaramay, 2022 yil mart oyida Buyuk Britaniya unga qarşi sanksiyalar kiritdi. 2023 yil iyul oyida Britaniya hukumati bu qarorni bekor qildi.

Rossiya qonunçiligiga köra, «çet el agenti» deb e’tirof etilgan fuqarolar va taşkilotlar öz faoliyati va xarajatlari töğrisida Adliya vazirligiga muntazam ravişda hisobot taqdim etişi, barça maqolalarida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham «çet el agenti» ekanini belgilab qöyişi şart.

2022 yildan boşlab, ularga dars beriş, axborot mahsulotlari yaratiş, ommaviy tadbirlar taşkil etiş, saylov komissiyasi a’zosi böliş taqiqlandi. 2022 yil oxiridan boşlab Adliya vazirligi çet el agentlarining yagona reyestrini yuritib kelmoqda.

2023 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin çet el agentlari haqidagi qonunni kuçaytiruvçi yana bir qonunni imzoladi. Unga köra, Adliya vazirligi çet el agentlari bilan muloqotda bölgan şaxslarga qonunbuzarlikka yöl qöymasligi töğrisida ogohlantiriş berişi mumkin. Bu şaxslarga nisbatan Adliya vazirligi tomonidan rejadan taşqari tekşiruv ötkazilişi ham mumkin. Adliya vazirligining qonunbuzarliklarni bartaraf etiş talablariga rioya qilmagani uçun fuqarolar 50 ming rublgaça, mansabdor şaxslar 100 ming rublgaça va yuridik şaxslar 300 ming rublgaça jarimaga tortiladi.