Koreya prezidenti Mun Çje In koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqirozni zilzila va sunamidan keyingi holatga qiyosladi. U bu haqda Xalqaro mehnat taşkilotining koronavirus pandemiyasining mehnat bozoriga ta'siri böyiça global onlayn-sammitida aytdi.

 "COVID-19 pandemiyasi butun dunyoga xuddi zilzila va undan keyin keladigan sunami kabi zarba berdi. Sayyoradagi har bir davlat kasallik tarqalişini nazoratga olişga va şu bilan birga iş örinlarini saqlab qolişga urinmoqda", - dedi Mun Çje In.

 U ayni damda "mehnat bozori qaçon va qanday tarzda barqarorlaşişi borasida taxmin bildiriş qiyinçiligini, COVID-19 butun sayyorani vayron qilişda davom etayotganligini" aytdi.

 Avvalroq Jahon banki pandemiya jahon iqtisodiyotini çuqur turğunlikka tuşirganini ma'lum qilgandi.

 Bank hisob-kitoblariga köra, bu yil sayyora iqtisodiyoti 5,2 foizga pasayadi. Bu raqam 2-Jahon uruşidan keyingi eng jiddiy pasayiş hisoblanadi. Aholi jon boşiga işlab çiqariş hajmining qisqarişi 1870 yildan keyingi davr içida eng köp davlatni qamrab oladi. Bu haqda Jahon bankining 2020 yil iyun oyi uçun e'lon qilgan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida söz yuritilgan.

 Içki talab va taklif, savdo va moliyaga körsatgan jiddiy ta'sirlar oqibatida rivojlangan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda iqtisodiy faollik 7 foizga qisqarişi kutilmoqda.